Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 Apr, 2014

Super prem’era: Manzura — «Asra baxtimizni»!!!

Manzura - Asra baxtimizniO’zbek estradasida o’z o’rniga ega bo’lgan xonanda Manzura ijodiga nazar tashlaymiz va unda yangi tarona klip tayyor ekanligiga guvoh bo’lamiz. «Asra baxtimizni» — Manzura ijrosidagi yangi tarona mana shunday nom oldi va ushbu qo’shiq uchun noan’anaviy uslubda klip ham tayyorlandi.

Xonandaning ijodiy izlanishlari hech qachon uning muxlislari e’tiboridan chetda qolmaydi. Mana bugun siz azizlarga bizning portalimiz orqali prem’era qilinayotgan yangi taronaga ishlangan klip o’zgacha uslubda ekanligini yuqorida ta’kidlab o’tdik. Mohir fotosuratchi Tayfun Urel tomonidan tushirilgan fotosuratlar asosida Sarvar Isaev 3D effektlaridan foydalangan holda videoklipni tayyorladi. Xonandaning imiji ustida Fevzi va Behzod Abdurahmon ish olib borishganligini ham alohida ta’kidlash o’rinli. «Asra baxtimizni» taronasi matn muallifi Gavhar Sharipova hisoblanadi, qo’shiq musiqasi Manzuraga tegishli, aranjirovka esa Robert Mirzoyan tomonidan amalga oshirilgan.

MP3: Manzura - Asra baxtimizni (105)

KLIP: Manzura - Asra baxtimizni (339)


Muallif: | Bo'lim: Tanlanganlar, Yangi kliplar | 1 440 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *