Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
30 Iyul, 2013

Super Prem’era: Doniyor Agzamov — «Yolg’iz ona»!!!

Doniyor Agzamov - Yolg'iz onaYurtimizda taniqli va hurmatga sazovor bo’lgan bastakor Doniyor Agzamov bugungi kunda nafaqat filmlar uchun yoki xonandalar uchun musiqa bastalamoqda. Balki, o’zining musiqiy asarlarini ham taqdim etib kelmoqda. Yodingizda bo’lsa, 2012 yilda Doniyor Agzamovning «Farishtaginam» nomli musiqasiga ishlangan klip prem’erasini taqdim etgan edik.

Mana bugun esa Doniyor Agzamovdan navbatdagi musiqiy asarga ishlangan videoklip prem’erasini havola qilamiz. Ishonamizki, mazkur musiqiy klip ham siz azizlarga manzur bo’ladi. Doniyor Agzamovning navbatdagi musiqiy asari «Yolg’iz ona» deb nomlanadi. Dardli musiqa sadolariga ishlangan klip rejissori Durdona To’laganova bo’lsa, klip operatori Jonrid Sagdiev hisoblanadi. Klipda yolg’iz ona obrazida yaqindagina SB.uz portalining «PhotoMania» loyihasida ishtirok etgan Sug’diyona Azimova suratga tushgan. Quyida siz azizlarga klipdan fotolavhalar va klipni ko’chirib olish imkoniyati taqdim etilmoqda. Klipni bevosita ko’chirib olmagan holda portalimiz orqali tomosha qilishingiz ham mumkin.

Doniyor Agzamov - Yolg'iz ona (534)


Muallif: | Bo'lim: Yangi kliplar | 966 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *