Sharof va Sevinchdan «eksklyuziv» video klip!
Xabaringiz bo'lsa, joriy yilning 4-avgust kuni shou-biznes olamida o'z o'rnilariga ega xonandalarimiz, Sharof Muqimov hamda Sevinch Mo'minovalar turmush qurishib barchaning nigohiga tushib qolishgandi! Bu ikki yoshning bugungi kundagi hayoti qanaqa kechayotgani ko'pchilikni qiziqtirishi tabiiy albatta.
Hali to'ylaridan hech qancha vaqt o'tmasdan, Sharof Muqimov va Sevinch Mo'minova yana ijodga sho'ng'ib ketishgan ko'rinadi! Ular bu gal birgalikda o'zlarining yangi «Bu hayot» degan taronalarining video klipini muxlislar hukmiga havola etishmoqchi. Ushbu klip «After-media» studiyasi tomonidan to'y kuni mohirona tarzda suratga olingan. Hozir esa «Bu hayot»dan ayrim fotolavhalarni va video klipni e'tiboringizga havola etamiz!
Klipni online tarzda tomosha qilish