Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
27 Mart, 2013

Rayhon «Yuragimdasan» klipi yuqori sifatda!

Rayhon - YuragimdasanPortalimiz muxlislari uchun so’nggi paytlarda kliplarni yuqori sifatda taqdim etishga harakat qilmoqdamiz. Ketma-ket taqdim etilayotgan kliplarning barchasi internet tarmog’ida boshqa saytlarda taqdim etilayotgan kliplardan anchagina yuqori sifatda sizlarga havola qilinmoqda. Mana bugun Rayhonning «Yuragimdasan» klipi ham sizlarga yuqori sifatda taqdim etilmoqda.

Rayhon. U haqida ortiqcha tarifga hojat yo’q. So’zsiz estradamizning eng yorqin yulduzlarini boshida turadigan xonandalardan hisoblanadi. U uxlasa ham, tursa ham ijod haqida o’ylaydi, ijoddan sira to’xtamaydigan xonandalardan. Uning har bir ijro etgan taronasi albatta millionlab muxlislar qalbiga yo’l topa oladi. Ayniqsa, «Yuragimdasan» taronasini men so’nggi paytlarda ijro etgan qo’shiqlari orasida alohida ajratib ko’rsatgan bo’lar edim. Qo’shiq noan’anaviy, orginal tarzda ijro etilgan. Unga ishlangan klip ham sizlarni befarq qoldirmasligiga ishonaman. Yigitali ham o’ziga topshirilgan rolni maromida ijro etib bergan. Klip rejissori Jasur Shametovning navbatdagi ajoyib klipiga baho berish fursati yetdi. Rayhonning ajoyib klipini qarshi oling. Quyida klipdan fotolavhalar ham keltirilgan.

Rayhon - Yuragimdasan (483)


Muallif: | Bo'lim: Tanlanganlar, Yangi kliplar | 2 037 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *