Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
19 Yan, 2013

Prem’era: Yodgor Mirzajonov — «Salom ishq»

Yodgor Mirzajonov - Salom ishqMana 2013 yilning ham prem’eralarini taqdim etish vaqti keldi. Endi ketma-ket taqdim etiladigan kliplar sizlarni xushnud etadi, degan umiddamiz. Bugun bizda Yodgor Mirzajonovdan prem’era. «Salom ishq» taronasiga ishlangan milliy klip sizlarni befarq qoldirmasligi aniq.

Ma’yus ohangda kuylangan «Salom ishq» taronasiga suratga olingan klipda chekka bir qishloqdagi to’y-tantananing urf-odatlari qisqacha namoyon bo’lgan. Milliylikka urg’u berilgan klip bo’lganligi uchun ham, bir bora bo’lsada tomosha qilish foydadan holi emas. Zero, bugungi kungi shou-biznesimizda milliylik yoqolib ketmoqda. Yodgor esa aksincha bunga e’tibor berishga qaror qildi. «Salom ishq» qo’shig’i matni O’tkir Xidirovga, musiqasi esa Ilhom Mamatovga tegishli. Klipni esa Shuhrat Mavlonov suratga olgan.

Yodgor Mirzajonov - Salom ishq (636)


Muallif: | Bo'lim: Yangi kliplar | 2 472 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *