Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
13 May, 2014

Prem’era: Sharof Muqimov — «Tungi mehmon»!!!

Sharof Muqimov - Tungi mehmonYaqindagina siz azizlarga Sharof Muqimov yangi suratga olinayotgan filmlarning birida suratga tushganligi haqida xabar bergan edik. Mana bugun mazkur film uchun ijro etilgan saundtrek-klip ham tayyor bo’ldi. Bizda esa ushbu klip prem’erasini qarshi olishingiz mumkin.

Kinorejissor Tal’at Mansurov tomonidan suratga olingan «Tungi mehmon» kartinasida Sanjar Shodiev, Matyoqub Matchonov, Saida Saidbekova singari aktyorlar bosh rollarni talqin etishgan. Asosiy qahramon rolini ijro etish uchun katta kasting o’tkazilgan bo’lib, kastingda 357ta bola ishtirok etgan. Ularning orasida taniqli kinoaktyorlar ham albatta bor edi. Rejissor esa ushbu filmdagi bosh qahramon obrazida Sharof Muqimovni ko’rdi va bosh rolni Sharofga ishonib topshirdi. Mazkur filmda suratga tushish uchun Sharof Muqimov 2 oy davomida parhez qilgan holda, ozishiga to’g'ri keldi. Zero, film qahramoni uylanmagan, yoshroq yigitning obrazi edi. Suratga olish ishlariga tayyorgarlik esa 1 oy davom etdi. So’ngra, 10 kun davomida film tasvirga tushirildi. Komediya janrida suratga olingan yangi kinokartina uchun «Tungi mehmon» nomli qo’shiq ham tayyorlandi. Qo’shiq musiqasi Jo’rabek hamda Sharof Muqimovga tegishli, so’zlari esa Nizomiddin Mo’minov tomonidan yozilgan. Aranjirovka muallifi Zuxriddin Meliev. Sharof Muqimov ijodida bu tarona yangilik bo’lganligi uchun qo’shiqni tayyorlanish vaqti 1 oy davom etdi. Tez kunlarda film prem’erasi ham bo’lib o’tishi kutilmoqda.

Sharof Muqimov - Tungi mehmon (252)


Muallif: | Bo'lim: Tanlanganlar, Yangi kliplar | 810 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *