Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
13 Apr, 2013

Prem’era: Manzura — «Judayam sog’indim»

Manzura - Judayam sog'indimManzuradan navbatdagi yangi klip prem’erasini qarshi oling. «Judayam sog’indim» nomli romantik taronaga, romantik klip suratga tushirilgan. Ushbu qo’shiqni tinglasangiz, u yerda Ulug’bek Qodirovni ovozini ham eshitishingiz mumkin. Qo’shiq ortidagi ovozlar aynan Ulug’bek Qodirovniki. Klipda esa Alisher Uzoqov mahorat bilan rol ijro etib bergan.

«Judayam sog’indim» taronasini yaratishda Manzura Bobur Umarov bilan hamkorlikda ishladi. Qo’shiq g’oyasi muallifi Manzurani o’zi hisoblanadi. Qo’shiq va klipda bugungi kun texnologiyasiga berilgan urg’uni sezish qiyin emas. Zamonaviy aloqa vositalari a’lo darajada ko’rsatib berilgan. Hozirgi kundagi real holat bu. Deyarli, hamma telefon orqali va turli telefon dasturlari orqali bir-biri bilan muloqotga kirishmoqda. Klip ssenariysi Jamshid Xojiniyozovga tegishli. Operatorlik vazifasini Rustam Murodov amalga oshirdi. Klip rejissori esa Sarvar Isaev. Romantikaga boy yangi klipni e’tiboringizga tortiq etamiz. Marhamat, ko’rib o’zingiz baho bering!

Manzura - Judayam sog'indim (1155)


Muallif: | Bo'lim: Yangi kliplar | 3 780 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

  1. Аaa какой смысл здесь???

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *