Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
10 Sen, 2013

Prem’era: Kaniza «Hammasi»!!!

Kaniza - HammasiBugun portalimiz orqali bir necha yildan beri o’zbek estradasi o’z ijodini namoyon qilib kelayotgan xonanda Kanizadan yangi klip prem’erasini taqdim etamiz. Kaniza ijrosidagi yangi yumoristik tarona «Hammasi» uchun klip suratga tushirildi. Klip rejissori va qo’shiq mualliflari xonanda tomonidan sir saqlanmoqda.

Buning sababini esa Kaniza oshkor etishni ham istamadi. Balki mazkur ijodkorlar bilan xonandaning bu so’nggi ishi emasdir. Kelajakda bu mavzuga agar imkon bo’lsa qaytarmiz. Klip noan’anaviy uslubda qo’shiqqa mos holda suratga tushirilgan. Klipni tomosha qilar ekansiz, unda bir qator mashhur shou-biznes vakillarini ko’rishingiz mumkin. Qo’shiq va klipning g’oyasi bo’yicha Kanizaning bir yigit bilan tanishib, oila-a’zolari bilan bo’lib o’tadigan tanishuvidan tortib, to’yiga qadar kechadigan bir qator qiziq voqealar sahnada namoyish etiladi. «Hammasi» nomli taronaga ishlangan klipda Ali Otajonov, Zuhra Solieva, Sevara Solieva, Halima kabi bir qator mashhur shaxslarni ko’rishingiz mumkin. Shuningdek, klipda ajralib turadigan yana bir tarafi — Kanizaning antiqa raqs uslubidir. Bir tomosha qilsangiz, gap nima haqida ketayotganligini tushunib yetasiz. Qo’shiq va klip siz aziz muxlislarga mansur bo’ladi, degan umiddamiz. Marhamat, quyida klipni ko’chirib olish yo’llanmasi, klipdan bir qator fotosuratlar va klipni tomosha qilish imkoniyati taqdim etilgan.

Kaniza - Hammasi (510)


Muallif: | Bo'lim: Yangi kliplar | 1 893 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *