Prem’era: Farruh Komilov — «Yoroney»!!!
O’zbek estradasi xonandasi Farruh Komilov «Yoroney» nomli qo’shiq kuylagani haqida sizlarga avval xabar bergan edik. Mana bugun mazkur qo’shiqqa ishlangan klip ham tayyor bo’ldi. Klipni tomosha qilish imkoniyati sizlarga taqdim etilmoqda.
Juda ham yoqimli tarzda ijro etilgan «Yoroney» taronasiga suratga olingan klip ham chiroyli chiqqan. Klip rejissori Yodgor Nosirov. Klip voqeasida Farruh Komilov bir qizning ketidan qo’shiq kuylab yuradi. Go’yoki u qizni Farruh Komilov sevib qolgandek… Aslida esa Farruh o’z qo’shig’i uchun navbatdagi bitta ovozga ega bo’lish uchun u qizni ortidan qo’shiq kuylab yurgan bo’ladi. Quyida klipdan fotolavhalar va klipni ko’chirib olish imkoniyati taqdim etilmoqda.
Farruh Komilov - Yoroney (441)