Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
5 Fev, 2013

Prem’era: «DuTOR» — «Yolg’iz»

Dutor - Yolg'izYosh estrada guruhlaridan biri «DuTOR» a’zolari Eldor Bek hamda Azeez Aka alohida tarzda avvallari ijod qilishgan va o’z kliplarini keng ommaga taqdim etishgan edi. Mana endi esa ularning birgalikdagi ilk rasmiy videoklipi prem’erasi aynan bizning portalimizda bo’lib o’tmoqda.

«DuTOR» guruhining «Yolg’iz» nomli taronasiga suratga olingan klip bugun SB.uz portali muxlislari uchun eksklyuziv ravishda taqdim etilmoqda. Eldor Bek va Azeez Aka ikki uslubni birlashtirgan holda tashkil etgan guruhi hamda uning yo’nalishi antiqa bir ko’rinishga kelgan. Bu guruh haqida biz avval ham ma’lumotlar bergan edik. Agarda shu kunga qadar «DuTOR»ning ijodini tinglamagan bo’lsangiz, mazkur klipni tomosha qilib, ular haqida batafsilroq ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin. «Yolg’iz» taronasining matni ikki ijodkor qalamiga mansub, Bobur Bobomurod hamda Aziz Ismoilov. Musiqa aranjirovkasi muallifi esa Eldor Bek. «Yolg’iz» taronasining remiks talqiniga ishlangan klip rejissori Isroil Ismoilov hisoblanadi.

Dutor - Yolg'iz (330)


Muallif: | Bo'lim: Yangi kliplar | 1 425 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *