Prem’era: Dineyra «Rashq qilma»!!!
O’zbek estradasi xonandasi Dineyra ijodidan yana navbatdagi klipni qarshi olishga tayyormisiz? Unday bo’lsa, SB.uz portalidan Dineyraning yangi «Rashq qilma» taronasiga suratga tushirilgan klip prem’erasini kutib oling. Raqsbop taronaga ishlangan trek asosidagi klip prem’erasi bizda, SB.uz portalida!!!
Yodingizda bo’lsa, Dineyraning mazkur «Rashq qilma» taronasiga klip suratga olish jarayonidan siz azizlarga eksklyuziv fotosuratlar ham taqdim etgan edik. Mana shu klip prem’erasini ham sizlarga havola qilish niyatida ekanimizni o’sha maqolada aytib o’tgan edik. Mana vaqt yetdi. Rejissor Sanjar Matkarimov hamda operator Nurimon Sultonxo’jaev tomonidan suratga olingan klipdan quyida fotosuratlar va klipni ko’chirib olish yo’llanmasini taqdim etmoqdamiz.