Prem’era: Botir Yaminov — «Ilk muhabbat»!!!
Yosh xonanda Botir Yaminov o’z ijodiy yurishini davom ettirmoqda. Yaqindagina siz azizlarga portalimiz orqali Botir Yaminovning yangi suratga olinayotgan klipidan fotolavhalar keltirgan edik. Bugun esa mazkur klipni e’tiboringizga tortiq etamiz. Klip sizlarga manzur bo’ladi, degan umiddamiz.
Botir Yaminovdan bugun taqdim etiladigan yangi klip «Ilk muhabbat» deb nomlanadi. Ushbu qo’shiq musqasi va aranjirovkasi Ahmad Hojimatov ijodidan, so’zlari muallifi esa Xurshida Alieva. Mazkur klip rejissori avval aytganimizdek taniqli klipmeyker Yodgor Nosirov hisoblanadi. Klipni suratga olish ishlari 3 kun davomida Toshkent shahrida bo’lib o’tgan. Quyida sizlarga klipdan fotolavhalar va klipni ko’chirib olish yo’llanmasi keltirilgan.
Botir Yaminov - Ilk muhabbat (390)