Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8 Iyul, 2014

Prem’era: Botir Yaminov — «Gulim»!!!

Botir Yaminov - GulimYosh estrada xonandalaridan biri Botir Yaminov o’zining «Gulim» nomli taronasiga klip suratga tushirayotganligi haqida siz azizlarga xabar bergan edik. Mazkur taronani ko’chirib olish uchun ham aziz muxlislar uchun havola qilgan edik. Mana bugun esa ushbu qo’shiqqa ishlangan klipni qarshi olishingiz mumkin.

Botir Yaminov ijrosidagi har bir tarona muxlislar qalbidan joy olib kelayotgani sir emas. Bu galgi tarona ham muxlislar og’ziga tushib ulgurgan. Endilikda esa unga ishlangan ajoyib klipni mazza qilib tomosha qilish imkoniyatiga egasiz. Falsafiy ma’noga ega bo’lgan voqeaviy ushbu klipdagi bosh qahramon rolida yosh va iqtidorli aktrisa Yulduz Rajabova suratga tushgan. Klip rejissori Sanjar Matkarimov qo’shiqqa mos ravishda ajoyib videoklip tasvirga tushirgani tahsinga loyiq. Shaxsan menga mazkur klip juda ham manzur bo’ldi. Klipni bir tomosha qilishdayoq ma’nosini tushuna olmasligingiz mumkin. Bu klip sayozligidan darak bermaydi, aksincha klipni diqqat bilan tomosha qilishni talab qiladi.

Botir Yaminov - Gulim (249)


Muallif: | Bo'lim: Tanlanganlar, Yangi kliplar | 708 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *