Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
21 Apr, 2013

Prem’era: Botir Yaminov — «Bevafo yor»

Botir Yaminov - Bevafo yorEstrada olamida tobora porlab borayotgan yosh xonanda Botir Yaminov ham ijoddan sira to’xtamayapti. Botir Yaminovning so’nggi qo’shiq va kliplari qisqa fursat ichida muxlislar qalbiga yo’l topa olmoqda. Uning navbatdagi qo’shig’i «Bevafo yor» va unga ishlangan klip ham tez orada o’z tinglovchi-tomoshabinlarini topa olishiga ishonchimiz komil.

«Bevafo yor» taronasi musiqasini Ahmad Hojimatov bastalagan, so’zlari esa Bobur Bobomurod qalamiga mansub. Dardli taronaga ishlangan dardli klip rejissori esa so’nggi paytlarda ketma-ket yaxshi chiqayotgan kliplarga mualliflik qilayotgan Muhammad Ali Iskandarov hisoblanadi. Klip operatori Dilmurod Turdiboev. Suratga olish ishlari 3 kun davom etgan «Bevafo yor» klipida Umid Iskandarov, Sug’diyona Azimova, Gulchehra Sa’dullaeva, Aziz Rametov kabi barchamizga tanish bo’lgan aktyor va aktrisalar ijro etishgan. Mini film shaklida suratga olingan ushbu klipni yuqori sifatda ko’chirib olishingiz yoki bo’lmasa, portalimiz orqali to’g'ridan-to’g'ri tomosha qilishingiz ham mumkin.

Botir Yaminov - Bevafo yor (576)


Muallif: | Bo'lim: Yangi kliplar | 1 962 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *