Navbatdagi klip: Farruh Komilov — «Shirinim»!!!
Farruh Komilovning ijodiga qiziquvchi ko'p sonli muxlislar talabiga binoan bugun portalimizda Farruhning so'nggi ishlagan videoklipi taqdim etilmoqda. Qiziqarli voqea asosida suratga olingan mazkur klipni aslida ko'pchilik ko'rib ulgurgan. Ammo, bugun internet tarmog'i orqali sizlarga ushbu klipni havola qilishga qaror qildik.
«Shirinim» deb nomlangan qo'shiqqa ishlangan klipni tomosha qilar ekansiz. Siz bu klipda Farruh go'yoki o'z sevimli yori bilan telefon orqali suhbat qurayotganini ko'rishingiz mumkin. Biroq, klip yakunida esa siz Farruhning aytgan so'zlari qizalog'iga atalganini ko'rishingiz mumkin. Mazkur klip ayni damda TV kanallarida juda ko'p namoyish etilayotgan bo'lsada, biz internetdagi muxlislar talabini inobatga olib, klipni sizlarga taqdim etishni lozim topdik. Marhamat, klipni yuqori sifatda ko'chirib oling va tomosha qiling!
Farruh Komilov — «Shirinim» klipini ko'chirib olish