Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
26 Mart, 2013

Lolaning «Qaytmaydi» klipini qarshi oling!

Lola - QaytmaydiO’zbek estradasi yulduzi, maftunkor xonanda Lola o’zining navbatdagi klipini taqdim etmoqda. Lola ijrosidagi «Qaytmaydi» taronasi uning klipi tayyor bo’lguniga qadar hit darajasiga yetib ulgurdi. Ana endi esa unga ishlangan super klipni ham tomosha qilamiz va zavqlanamiz. Lolaning ijodida yaxshi kliplari ko’p bo’lgan, ammo bunisi u uchun ham alohida yodda qoladigani bo’lishi aniq.

Zero, Lola mazkur klipini suratga olish jarayonida muz ichiga tushib ketganligini ma’lum qilgan edik. Mana ushbu klip ham tayyor va uni siz azizlarga taqdim etmoqdamiz. Hayriyatki Lola faqatgina ozgina shamollashni boshdan kechirib, hozirda o’z ijodini davom ettirmoqda. Biz o’z o’rnida Lolani mazkur klipi a’lo darajada chiqqanligi bilan muborakbod etib qolamiz. Undan kelajakda yanada yaxshi qo’shiqlar va kliplarni kutib qolamiz. Marhamat, Lolaning «Qaytmaydi» klipini ko’chirib oling va tomosha qiling!

Lola - Qaytmaydi (681)


Muallif: | Bo'lim: Tanlanganlar, Yangi kliplar | 2 754 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *