Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
20 Noy, 2016

Konsert 2016: Ulug’bek Rahmatullaev — «Vatan bilan bo’l»!!!

Ulug'bek Rahmatullaev - Vatan bilan bo'lYoshlarning sevimli yulduzi Ulug’bek Rahmatullaev o’z yakkaxon konsert dasturini taqdim etganiga hali 10 kun ham bo’lmasidan ketma-ket konsert dasturidan professional musiqiy videolarni taqdim etishga kirishdi. «Glow Star Professiona» studiyasi tomonidan mohirona tarzda tasvirga tushirilgan yangi konsert dasturidan tasurotga ega bo’lishni istasangiz marhamat!

Ulug’bek Rahmatullaevning bu yilgi konsert dasturida olqishlarga sazovor qo’shiqlar serob bo’ldi. Ular orasidan albatta yurtimiz uchun atalgan «Vatan bilan bo’l» nomli qo’shiqni alohida ajratib ko’rsatish mumkin. Konsert dasturi finalida jarang sochgan mazkur qo’shiq oldidan O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti, marhum Islom Abdug’anievich Karimovni hotirlab o’tildi. Konsert zalga tashrif buyurgan har bir odam o’z o’rnidan turgan holda, qo’llarini ko’ksiga qo’ygancha bu holatni qarshi olishdi. Hattoki, ba’zilarning ko’zlaridan beixtiyor yosh ham qalqib chiqqanini guvohiga aylandik. Mana shu holatlarning barchasi «Glow Star Professional» studiyasi tasvirchilari tomonidan suratga olingan bo’lib, bugun sizlarga taqdim etayotgan videoimizda o’z isbotini topadi. Marhamat, tomosha qiling azizlar. O’z o’rnida biz ham «Vatan bilan bo’l!’ deb qolamiz!!!

Ulug'bek Rahmatullaev - Vatan bilan bo'l (konsert 2016) (3)


Muallif: | Bo'lim: Yangi kliplar | 15 ta o'qildi |

COOL.SB.uz -