Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 Mart, 2013

«Janob hot-dogchi» filmiga kutilmagan duet-saundtrek!

Muhammad Iso va Botir Yaminov - Mayli-mayliBir guruh yosh kinoijodkorlar tomonidan yangi film suratga olindi. «Janob hot-dogchi» deb nomlangan ushbu film rejissori «Dizayn» kulgu jamoasi vakili Qobil Karimberdiev hisoblanadi. Film prodyuseri esa kutilmagan ijodkor: Sherzod BIN. Aslida biz Sherzodni qiziqchilik va aktyorlik qobiliyatlaridan yaxshi taniymiz. Endi esa u prodyuser!

«Janob hot-dogchi» nomli kinokomediyada siz Shahzoda Muhammedova, Sherzod BIN, Muhammad Iso Abdulhayirov, Sitora Alimjonova, To’xtamurod Azizov kabi bir qator ajoyib kinoijodkorlarni ko’rishingiz mumkin. Ana endi bevosita bugun biz sizlarga taqdim etayotgan saundtrekimiz ijrochilari va ijodkorlari bilan tanishtiramiz. «Mayli-mayli» deb nomlangan mazkur saundtrek matni va musiqasi Bobur Umarovga tegishli. Unga ishlangan klip rejissori esa Iqbol Meliqo’ziev hisoblanadi. «Janob hot-dogchi» kartinasi saundtreki ijrochilari esa so’nggi paytlarda tobora tanilib borayotgan xonanda Botir Yaminov hamda taniqli kinoaktyor Muhammad Iso Abdulhayirov hisoblanishadi. Quyida klipni ko’chirib olish yo’llanmasi va fotolavhalar keltirilgan.

Muhammad Iso va Botir Yaminov - Mayli-mayli (960)


Muallif: | Bo'lim: Yangi kliplar | 1 731 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *