Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«SB.uz mehmonda» yangi loyihada Ulug’bek Rahmatullaev!!!
29 Sen, 2014

«SB.uz mehmonda» yangi loyihada Ulug’bek Rahmatullaev!!!

SB.uz Mehmonda Ulug'bek RahmatullaevSB.uz portalidan anchadan buyon yangi loyihalarni qarshi olmayotgan muxlislar uchun ajoyib sovg’amiz bor. Endilikda SB.uz portali o’zining navbatdagi loyihasini siz azizlarga taqdim etib boradi. «SB.uz mehmonda» — yangi loyihamiz aynan shunday nomlanadi.

Loyiha qoidasiga ko’ra SB.uz portali ijodiy jamoasi biror bir yulduzimizning xonadoniga yoki ofisiga tashrif buyurgan holda yulduz bilan qiziqarli video suhbat quriladi. Bizning loyihamizda ilk ishtirokchi bu sevimli yulduzimiz, iste’dodli xonanda, ko’plab hit taronalari bilan bugungi kunda eng yorqin yulduzlarimizdan biri bo’lib turgan Ulug’bek Rahmatullaevdir.
Biz ijodiy jamoamiz bilan birgalikda Ulug’bek Rahmatullaevning ofisiga tashrif buyurdik. Ofisga borganimizda esa biz Ulug’bek Rahmatullaevni ijodiy jarayoni ustidan chiqib qoldik. Xabaringiz bor Ulug’bek hozirda o’zining navbatdagi yakkaxon konsert dasturi uchun qizg’in tayyorgarlik ko’rmoqda. Biz mazkur konsert dasturiga tayyorgarlik jarayonidan eksklyuziv videolavha tayyorladik. Bu videoni esa sizlarga tez kunlarda taqdim etamiz. Hozircha esa ijodiy jarayon davomida suratga olingan bir qator fotosuratlarni e’tiboringizga tortiq etamiz.
«SB.uz mehmonda» loyihasini taqdim etishda bizga yaqindan yordam berayotgan hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi ekanligini ta’kidlab o’tish o’rinlidir.

Star media


Muallif: | Bo'lim: SB.uz mehmonda, Tanlanganlar | 423 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *