Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
5 Fev, 2015

«SB.uz mehmonda» loyihasida Zarina Nizomiddinova!!!

SB.uz Mehmonda Zarina NizomiddinovaSB.uz portali tomonidan 2014-yil kuz faslida taqdim etilishi boshlangan «SB.uz mehmonda!» loyihasi qisqa tanaffusdan so’ng yana siz azizlar e’tiboringizga tortiq etilmoqda. Sevimli portalingiz endilikda siz azizlar uchun ketma-ket yangidan yangi loyihalarni taqdim etishga qaror qilgan.

«SB.uz mehmonda» loyihasi endilikda «Art Centre» professional foto va video studiyasi bilan hamkorlikda siz azizlarga taqdim etiladi. Mazkur loyihasi haqida siz yetarlicha ma’lumotga egasiz. Shuning uchun loyiha haqida ortiqcha to’xtalib o’tirmaymiz. Biz navbatdagi mehmonga boradigan yulduzimiz Zarina Nizomiddinovaning «Miss Chic» nomli butiki bo’ladi. Tez kunda mazkur loyiha doirasida Zarina Nizomiddinova bilan bo’lib o’tgan eksklyuziv video suhbatni bevosita bizning portalimiz orqali tomosha qilish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Intervyu davomida siz Zarina Nizomiddinovaga berilgan bir qator qiziqarli savollarga qanday javob berganligini bilib olishingiz mumkin bo’ladi. Jumladan, Zarina Nizomiddinova biror bir yosh xonanda bilan duet kuylash uchun qancha miqdorda pul oladi? Uning aktrisa do’stlari kimlar? Farzandi katta bo’lganda kim bo’lishini istaydi? Shu va shu kabi savollar javobi tez kunda «SB.uz mehmonda» loyihasida!!! O’tkazib yubormang!!! «Art Centre» studiyasi tomonidan taqdim etiladigan videoni hozircha treylerini tomosha qilishga sizlarni chorlaymiz!!!

Quyida siz azizlar uchun loyiha davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

SB.uz mehmonda Zarina Nizomiddinova (treyler) (198)


Muallif: | Bo'lim: SB.uz mehmonda, Tanlanganlar | 2 370 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *