Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«SB.uz mehmonda» loyihasida Shahzoda Muhammedova!
16 Noy, 2014

«SB.uz mehmonda» loyihasida Shahzoda Muhammedova!

SB.uz Mehmonda Shahzoda MuhammedovaPortalimizning yangi loyihasi hisoblanmish «SB.uz mehmonda!» yana sizlarning diqqat markazingizda! Biz loyihamizning bu galgi sonida serqirra ijodkor Shahzoda Muhammedova modalar uyiga tashrif buyurdik. Mehmondo’st va ochiqko’ngil Shahzoda Muhammedova bilan qiziqarli suhbat jarayonidan bugun fotojarayon taqdim etiladi.

Yulduzli loyihaning bu galgi yulduzi ishtirokchisiga aylangan Shahzoda Muhammedova ham aktrisalik, ham modeler-dizaynerlik, ham qo’shiqchilik va hattoki hozirgi kunda boshlovchilik ham qilmoqda. Bir qiz uchun shuncha kasbni bir maromda olib borish mushkullik tug’dirmayaptimikin? Shahzoda Muhammedova uchun eng yaxshi juftlikda rol ijro etadigan aktyor kim? Hayotda ham rol o’ynashiga to’g'ri keladimi? Shahzoda Muhammedovaning orzusidagi rol qaysi? Shu va shu kabi bir qator qiziqarli savollarga aynan «SB.uz mehmonda!» video-loyihasi orqali javob topishingiz mumkin. Ha aytgancha, kinorejissorlar diqqatiga alohida murojaat ham mazkur videodan o’rin egallagan! Shunday ekan, bu loyihani o’tkazib yubormang!!! Tez kunda sizlar uchun Shahzoda Muhammedova modalar uyidan tayyorlangan eksklyuziv videosuhbat va ekskursiyani taqdim etamiz! Hozircha esa fotosuratlarga e’tiboringizni qaratamiz. Eslatib o’tamiz, ushbu loyiha «Star Media» foto va video studiyasi bilan hamkorlikda tayyorlanmoqda. Loyiha davomida olingan fotosuratlar muallifi G’ayrat Ubaydullaev hisoblanadi.

 


Muallif: | Bo'lim: SB.uz mehmonda, Tanlanganlar | 2 460 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *