Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Photo Cup» — Shahzoda Muhammedova vs Shahzoda Matchonova!!!
18 Fev, 2013

«Photo Cup» — Shahzoda Muhammedova vs Shahzoda Matchonova!!!

Photo CupMana SB.uz portali «Photo Cup» loyihasining 6-chempionatida final o’yiniga ham yetib keldik. Juda ham keskin o’yinlar bilan barchani diqqatini tortgan yarim final baxslarida so’nggi daqiqaga qadar kurash davom etgani hammani hayratga soldi. Zero, o’yin yakunlanishiga bir necha soat vaqt qolganida oldinda borayotgan ishtirokchilar o’yinlar yakunida mag’lub bo’ldilar.

Keling yarim final o’yinlari haqida qisqagina to’xtalib o’tsak. Birinchi to’qnashuv Katrina Kaif va Shahzoda Muhammedova o’rtasida bo’ldi. Unda bir u ishtirokchi, bir bu ishtirokchi g’alabani o’ziniki qilib borgan bo’lsa, so’nggi daqiqalarda o’zbek aktrisasi hind aktrisasidan ustunroq ekanligini isbotlashga erishdi. Shahzoda Muhammedovaning matonatli g’alabasi uni ilk bor finalga olib chiqdi. Ikkinchi juftlikda ikki Shahzodani ko’rishimiz mumkin edi. Biri Shahzoda tahallusi ostida ijod qilayotgan Zilola Musaeva bo’lsa, ikkinchisi aktrisamiz Shahzoda Matchonova. Bu yerda ham kurash ancha jiddiy ko’rinish olgan bo’lsada, yakuniy natija Shahzoda Matchonova foydasiga hal bo’ldi. Ana endi esa finalda 2 aktrisaning ayovsiz kurashiga guvoh bo’lamiz. Shahzoda Muhammedova «Photo Cup» tarixida birinchi marta finalga chiqqan bo’lsa, Shahzoda Matchonova uchun bu uchinchi final hisoblanadi. Bu borada Matchonovaning ko’rsatkichlari ancha yuqori. Qolaversa, Shahzoda Matchonova bir bora, 5-chempionatda chempionlikka ham erishgan. Shunday ekan, ikki Shahzodaning final o’yinini kuzatishga barchani taklif qilib qolaman. Albatta, siz ham ovoz berib, sevimli aktrisangizni qo’llab-quvvatlang!

So’nggi o’yin natijalari bilan tanishish va 6-chempionat finalida ishtirok etish uchun yo’llanma


Muallif: | Bo'lim: Tanlanganlar | 990 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *