Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
16 Dek, 2012

«Yil fotosurati» aniqlandi, Shahzoda tengsiz!!!

Shahzoda Photo CupEstradamiz maftunkor yulduzi Shahzoda 2012 yilning ilk daqiqalarida start olgan «Photo Cup» loyihasining yakuniy bosqichida g’olib chiqdi. Uning mazkur fotosurati 2012 yilning eng yaxshi fotosurati, deb tan olindi. Shahzoda mazkur loyihaning ilk chempionatida g’olib chiqib, yil bo’yi chempionlikka erishgan yana 4ta yulduzning fotosurati bilan «Yil fotosurati» nomi uchun kurash olib borgan edi.

Mana yil yakunida «Yil fotosurati» aniqlandi. Buni qarangki, loyihamizning ilk chempionati g’olibasiga aylangan Shahzodaning mazkur fotosurati eng yaxshi fotosurat, deb muxlislar tomonidan tan olindi. Albatta u maftunkor va yurtimizning eng nomdor xonandalaridan biri hisoblanadi. Eslatib o’tamiz, «Yil fotosurati» nomi uchun kurashda Shahzoda bilan bir qatorda Lola, Gulchehra Eshonqulova, Shohruhxon hamda Shahzoda Matchonovalar ham kurash olib borishgan edi. Yakunda esa baribir Shahzoda o’z so’zini ayta oldi. Biz Shahzodani mana shunday ajoyib g’alaba bilan muborakbod etamiz. Mazkur nomga erishish uchun butun yil davomida kurash olib borgan ushbu fotosuratni tasvirga tushirgan fotoustalariga ham alohida tasanno aytib o’tish o’rinli. Zero, bu yutuq nafaqat Shahzodanaki, balki ushbu fotosuratni muhrlagan fotosuratchiniki hamdir. Biz Shahzodani kelgusi yillarda ham mazkur loyihamizda faol ishtirok etishiga ishonamiz va unga atalgan maxsus sovg’amizni biroz keyinroq taqdim etishga qaror qildik. Nasib qilsa, mukofot topshirilayotgan jarayondan fotosuratlar olinib, portalimiz tomonidan e’lon ham qilib o’tamiz.
Qiziqarli loyihaning, 2012 yilgi yakuni mana shu nuqtada o’z nihoyasiga yetadi. 2013 yildan esa yangi chempionatlar start oladi va unda ishtirok etadigan barcha yulduzlarga faqat va faqat omadlar tilab qolamiz.

«Photo Cup» loyihasi saytiga tashrif buyurish uchun yo’llanma

Shahzoda Photo Cup


Muallif: | Bo'lim: Photo Cup, Portal loyihalari | 1 254 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *