Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 Noy, 2012

Tez kunda: «PhotoMania» loyihasi!!!

The Best StudioSB.uz portali yangi hamkor bilan, yangi loyiha ustida ish olib bormoqda. Tez kunda portalimiz muxlislari uchun yangi loyiha taqdim etiladi. Bu loyiha sizlarni qiziqitirishi aniq. Zero, bu loyiha orqali siz sevimli yulduzlaringizdan endilikda eksklyuziv fotosuratlarni qarshilash imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Keling yaxshisi loyiha haqida batafsil ma’lumotni hozircha sir saqlab turamiz. Zero, qaroqchi saytlar bunday loyihani tezda ilib ketishlari hech gap emas. Hozircha biz yangi hamkorimiz haqida sizlarga ma’lumot berishimiz mumkin. Yangi hamkorimiz foto va video faoliyati bilan shug’ullanadigan «The Best Studio» studiyasi hisoblanadi. Bu professional video studiya ijodkorlarini siz yaxshi bilmasligingiz mumkin. Biroq, uni endilikda shou-biznes olami vakillari tobora yaqinroq tanishni boshlamoqda. Zero, «The Best Studio» ijodkorlari yaqindagina bo’lib o’tgan Rayhon hamda Yigitalining nikoh to’ylarini tasvirga tushirgan studiya hisoblanadi. Ular shuningdek, taniqli klipmeyker Yodgor Nosirovning ham nikoh to’yini video tasvirga olishganliklarini alohida ta’kidlab o’tishimiz mumkin.
SB.uz portali hamda «The Best Studio» studiyasi hamkorlikda taqdim etadigan yangi loyiha «PhotoMania» deb nom oldi. Bu loyiha haqida batafsil keyinroq alohida to’xtalib o’tamiz. Hozircha esa hamkorimiz studiyasidan olingan fotosuratlarni e’tiboringizga havola qilmoqchimiz.

The Best Studio

The Best Studio

The Best Studio


Muallif: | Bo'lim: PhotoMania, Portal loyihalari | 510 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *