Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
27 Dek, 2012

«PhotoMania»dan Yangi yil sovg’asi!!!

PhotoMania - Sardor Rahimxon va ParizodaBugun portalimizning yangi loyihalaridan biri hisoblanadigan «PhotoMania» loyihasining yangi yil soni e’tiboringizga havola qilinadi. Ushbu loyihada qorbobo va qorqiz obrazida yulduzlarimiz namoyon bo’ladilar. Sizga juda ham yaxshi tanish bo’lgan juftlik, ya’ni Sardor Rahimxon va Parizodani portalimiz qorbobosi va qorqizi ko’rinishida suratga muhrladik. Bu esa «PhotoMania»ning siz azizlarga atalgan ajoyib yangi yil sovg’asidir.

SB.uz portali, «The Best Studio» studiyasi hamda 7×7 gazetasi hamkorlikdagi loyihasi «PhotoMania» odatga ko’ra har payshanba e’tiboringizga tortiq etiladi. Fotosuratlarni tasvirga tushirgan fotomuxbirlar Mr.Ishmael hamda Oybek Maksudoffga va fotosuratlarni shu ko’rinishga kelishida montaj ishlarini amalga oshirgan Mr.Ishmaelga tasannolar aytib qolamiz. Darvoqe, loyihamizning mazkur sonidan boshlab yulduzlarimiz soch turmagi va makiyaji bo’yicha o’z ishini ustalari aynan «PhotoMania» loyihasi uchun ish olib borishmoqda. Biz o’z o’rnida mana shu hizmatlarni ko’rsatayotgan «Ma’muraxon» saloni hodimlari Ma’muraxon Jo’raeva hamda Doniyor Hakimovga ham tashakkur bildirib qolamiz. Loyihamiz esa davom etadi. Keyingi sonda siz Zarina Nizomiddinovaning fotosuratlaridan bahramand bo’lishingiz mumkin.

PhotoMania - Sardor Rahimxon va Parizoda

PhotoMania - Sardor Rahimxon va Parizoda

PhotoMania - Sardor Rahimxon va Parizoda

PhotoMania - Sardor Rahimxon va Parizoda

PhotoMania - Sardor Rahimxon va Parizoda

PhotoMania - Sardor Rahimxon va Parizoda

PhotoMania - Sardor Rahimxon va Parizoda


Muallif: | Bo'lim: PhotoMania, Portal loyihalari | 1 257 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *