Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
28 Noy, 2012

«PhotoMania»da Ulug’bek Rahmatullaev!!!

PhotoManiaPortalimiz tomonidan «The Best Studio» bilan hamkorlikdagi yangi loyihasi «PhotoMania» tez kunlarda start oladi. Ushbu loyihaga tayyorgarliklar ancha oldin boshlangan bo’lib, kuni kecha loyihaning ilk sonini ham suratga olib bo’ldik. Loyihaning ilk ishtirokchisi kim bo’ladi, degan savolga o’zimiz ham bir muddat o’ylanib turib Ulug’bek Rahmatullaev eng yaxshi nomzod degan to’xtamga keldik.

Ulug’bek Rahmatullaevni tanlashimizning boisi, u bugungi kun o’zbek shou-biznesining eng nomdor vakili hisoblanadi. Unga bo’lgan talab ham, e’tibor ham juda yuqori. Qisqa qilib aytganda bugungi kunning eng ko’p so’raladigan xonandasi hisoblanadi. Undan tashqari bizning portalimizning eng yaqin do’stlaridan biri hamdir. Shunday ekan, nega endi Ulug’bekni loyihamizning ilk soniga taklif qilmasligimiz kerak?!
Keling endi maqsadga qaytsak. «PhotoMania» loyihasi qanday loyiha? Bu savol juda ham ko’plab tushdi bizga. Javobni esa bugun sizlarga aytishni lozim topdik. Zero, o’z muxlislarimizni ko’p ham kuttirishni istamaymiz. «PhotoMania» loyihasiga ko’ra har haftada mashhur yulduzlardan biri bizning studiyamizga taklif etiladi va uning eksklyuziv fotojamlanmasi ishlanadi. Ya’ni, xonandalarning bizning portaldan tashqari hech qayerda chiqmaydigan, fotosuratlari suratga olinadi. Qaynoq va eksklyuziv fotosuratlar barchamizni birdek quvontirmay qolmaydi. Shunday ekan, ushbu loyihani kuzatib boring va qaysi yulduzlarni mazkur loyihada ko’rish istagida ekanligingizni izoh tarzida yoki bizning info@sb.uz elektron manzilimizga yozib yuboring.
Endi loyihani tashkil qilishda bosh qosh bo’layotganlarni ham sizga tanishtirib o’tsak. Loyiha muallifi kamina Mirtohir Mirg’ulomov. Tashkiliy ishlar va fotojamlanma suratga tushirish jarayoni bo’yicha rahbar Hakim Akramov. Fotosuratchilar Mr. Ishmael hamda Oybek Maksudoff.
Loyiha yana bir hamkor bilan birgalikda amalga oshrilmoqda. Bu hamkorimiz yurtdoshlarimizga yaxshi tanish bo’lgan «7×7″ haftalik nashridir. Ushbu gazetaning har bir sonida «PhotoMania» loyihasi uchun tushirilgan fotosuratlar chop etib boriladi. Loyihaning ilk soni qachon chiqishi haqida keyinroq yana to’xtalib o’tamiz. Ammo, shuni aytib o’tishimiz joizki, endi siz ko’p kutmaysiz, bu aniq!

PhotoMania

Photo Mania asoschilari


Muallif: | Bo'lim: PhotoMania, Portal loyihalari | 690 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *