Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
31 Okt, 2013

Video: «PhotoMania»da aktrisa Nargiza Salmonova!

PhotoMania Nargiza Salmonova videoBugun payshanba. «PhotoMania» loyihasi taqdim etiladigan kun. Avvalgi haftada bir haftalik kutilmagan tanaffus sababli loyiha e’tiboringizga havola qilinmagan edi. Bu hafta esa odatga ko’ra loyihamiz sizlarga havola etilmoqda. «PhotoMania»ning navbatdagi mehmoni esa yosh, iste’dodli aktrisa Nargiza Salmonova.

SB.uz portali hamda «NVS» professional foto va video studiyasining hamkorlikda tayyorlayotgan «PhotoMania» loyihasi yana sizlarning e’tiboringiz markazida. Yosh aktrisaning ajoyib va eksklyuziv fotosuratlarini kelgusi haftada tomosha qilish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Hozircha esa ushbu fotosuratlar tasvirga olish jarayonidan eksklyuziv videoni havola qilmoqdamiz. Nargiza Salmonovaning tashqi ko’rinishi, ya’ni imijiga ham alohida e’tibor qarating. Zero, ushbu imij ustida bizning hamkorimiz professional stilist-vizajist Saida Karimova ish olib borgan. Ushbu videoni tayyorlab bizga taqdim etgan «NVS» studiyasining mohir videochilari va videomontajchisiga alohida minnatdorchilik bildirib qolamiz.

«PhotoMania» loyihasida Nargiza Salmonova (354)


Muallif: | Bo'lim: PhotoMania, Tanlanganlar | 2 232 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *