Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
28 Noy, 2013

«PhotoMania»ni endi Umidaxon kuyladi!!! (Video)

PhotoMania UmidaxonBugun haftaning payshanba kuni. Odatga ko’ra har hafta payshanbada siz azizlar uchun SB.uz portali hamda «NVS» professional foto va video studiyasi hamkorligidagi «PhotoMania» loyihasi taqdim etiladi. Mana bugun ham siz azizlar uchun mazkur loyiha havola etilishga tayyor.

Loyihamizning bu galgi mehmoni xushovoz xonanda Umidaxon. Bugun Umidaxon ishtirokidagi «PhotoMania» loyihasining videosini e’tiboringizga havola qilmoqdamiz. Kelgusi haftada esa loyihamiz orqali Umidaxonning fotosuratlarini ham tomosha qilishingiz mumkin. Har doimgidek bu safar ham loyihamizning ayol yulduzi tashqi ko’rinishi ustida bizning hamkorimiz stilist-vizajist Saida Karimova ish olib bordi. Saidaning ishiga ham alohida e’tibor qaratishingiz mumkin. «NVS» studiyasining mohir videochilari tomonidan tasvirga olingan va mohir montaj ustasi tomonidan taqdim etilgan mazkur videodan bahramand bo’ling!!! Darvoqe, loyihaning mazkur sonini suratga olish jarayonida chiroq o’chib qolgan va professional ijodkorlar chiroq o’chganiga qaramay o’z ishlarini mahorat bilan bajara oldilar. Buni hozircha video orqali tomosha qilishingiz mumkin. Kelgusi haftada esa chiroqsiz suratga olingan fotosuratlardan ham bahramand bo’lishingiz mumkin.

«PhotoMania» loyihasida Umidaxon (168)


Muallif: | Bo'lim: PhotoMania, Tanlanganlar | 1 659 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *