Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
18 Iyul, 2013

«PhotoMania»da yosh aktrisa Sug’diyona Azimova!

PhotoMania Sug'diyona AzimovaSB.uz portalining «PhotoMania» loyihasi davom etadi. «NVS» professional foto va video studiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyihaning navbatdagi mehmoni bir qator kliplar va kinolar orqali bizga tanish bo’lgan yosh aktrisa Sug’diyona Azimova.

«PhotoMania» — bu professional eksklyuziv fotosuratlardan tashkil topgan foto loyiha hisoblanishini hamma yaxshi biladi. Bugungi kunga kelib bu loyihaga nafaqat yulduzlarda qiziqish, balki taniqli professional fotosuratchilarda ham qiziqish oshib bormoqda. Loyihamizni o’g'rilarcha ko’chirib olib, bu bizning loyiha deb chiqarayotgan saytlarni esa gapirmasa ham bo’ladi. Ha mayli, nima bo’lganda ham biz eksklyuziv loyihamizni odatga ko’ra bugungi kabi har payshanba kunida taqdim etishda davom etamiz.
Yana bir bora hamkorimiz «NVS» studiyasining ahil ijodiy jamoasiga minnatdorchilik bildirib qolaman. Zero, o’z ishiga ma’suliyat bilan yondashib, hech qachon kech qolmasdan loyihani bizga yetkazib berishayotgani faqat va faqat tahsinga loyiq. Endi esa e’tiboringizga «PhotoMania» loyihasini taqdim etamiz. Bugungi mehmonimiz yosh aktrisa Sug’diyona Azimova. Siz, Sug’diyonani «Bojalar» guruhining «Durdona» , Ulug’bek Rahmatullaevning «Layloyimsan» kabi kliplari orqali yaxshi taniysiz.

«PhotoMania» loyihasida Sug'diyona Azimova (594)


Muallif: | Bo'lim: PhotoMania, Tanlanganlar | 4 908 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

  1. manga judayam sugdiyona yoqadila ijodizga omad

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *