Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
19 Sen, 2013

«PhotoMania»da Shoira Otabekovadan video!

PhotoMania Shoira Otabekova videoBugun payshanba, doimgidek «NVS» professional studiyasi hamda SB.uz portalining hamkorlikdagi «PhotoMania» loyihasi taqdim etiladigan kun. Bu hafta loyihaning videosi, kelgusi haftada esa fotosuratlari taqdim etiladi. Bugungi bizning mehmonimiz bir necha yillik tajribaga ega xonanda Shoira Otabekova.

«PhotoMania» loyihasiga qiziqish tobora oshib bormoqda. Bizda esa ushbu loyihaning birinchi fasli ham yakuniga yetishiga oz qolmoqda. Loyihaning birinchi faslida chiqishga ulgurmagan yulduzlarimiz endi kelgusi faslga qolib ketishlari mumkin. Hozircha yangi fasl haqida so’z yuritmaymiz. E’tiborni navbatdagi mehmonga, loyihaning navbatdagi soniga qaratamiz. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, loyihaning navbatdagi mehmoni iste’dodli xonanda Shoira Otabekova. Bugun sizlarga kelgusi hafta taqdim etiladigan fotosuratlarni suratga olish jarayonidagi video taqdim etiladi. Ushbu videoni tomosha qilib, kelgusi haftada taqdim qilinadigan fotosuratlar haqida tasavvurga ega bo’lishingiz mumkin.
Yana bir bor eslatib o’tamiz, loyiha bizning doimiy hamkorimiz «NVS» professional foto va video studiyasi bilan hamkorlikda taqdim etilmoqda.

«PhotoMania» loyihasida Shoira Otabekova (270)


Muallif: | Bo'lim: PhotoMania, Tanlanganlar | 1 113 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *