Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
5 Sen, 2013

«PhotoMania»da Diyora koreyscha so’zlaydi!!!

PhotoMania Diyora videoSB.uz portalining eng ajoyib va takrorlanmas loyihasi hisoblangan «PhotoMania» odatga ko’ra har payshanba siz azizlar e’tiboringizga tortiq etilmoqda. Mana bugun ham payshanba va «PhotoMania» siz bilan birga. Loyihamizning bu galgi mehmoni xonanda va aktrisa Diyora koreys tilida so’zlaydi hamda SB.uz portalini madh etadi.

SB.uz portalining «PhotoMania» loyihasi bo’yicha hamkori «NVS» professional foto va video studiyasi hisoblanadi. Ushbu studiya tomonidan taqdim etilayotgan loyihamizning har bir sonida tobora yuksalishni kuzatish mumkin. «PhotoMania»ning navbatdagi mehmoni yuqorida ta’kidlaganimizdek Diyora hisoblanadi va Diyorani bir qator noan’anaviy obrazlarda ko’rishingiz mumkin. Har bir obraz ustida yana bir hamkorimiz professional stilist-vizajist Saida Karimova ish olib bordi. Loyihamizning bu haftada taqdim etilayotgan videosini tomosha qilib, kelgusi hafta sizlarga havola qilinadigan fotosuratlar haqida tasavvurga ega bo’lishingiz mumkin. Darvoqe, endilikda har bir taqdim etiladigan videoda maxsus SB.uz portali uchun tayyorlangan musiqalardan foydalaniladi. Ushbu musiqalar Doniyor Agzamov hamda Jakhongir.uz kabi taniqli bastakorlar tomonidan aynan bizning portalimiz uchun bastalangan. Mazkur «PhotoMania» loyihasini taqdim etishda o’z yordamlarini ko’rsatayotgan barcha ijodiy jamoaga portalimiz ijodkorlari va muxlislari nomidan alohida minnatdorchilik bildirib qolamiz.

«PhotoMania» loyihasida Diyora (150)


Muallif: | Bo'lim: PhotoMania, Tanlanganlar | 1 518 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *