Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
16 Noy, 2013

«PhotoMania»da «Benom» guruhi! (Video)

PhotoMania Benom videoBugun payshanba emas, shanba!!! Aslida har payshanba chiqadigan loyihamiz bu safar ham kech qoldi. Muhimi, hechdan ko’ra kech naqliga amal qilamiz. Ba’zi texnik sabablarga ko’ra loyihamiz biroz kechroq taqdim etilmoqda. Umid qilamizki, kelgusi haftada bunday surilishlar kuzatilmaydi.

SB.uz portali hamda «NVS» studiyasining hamkorlikdagi «PhotoMania» loyihasi davom etadi va ushbu loyihaning navbatdagi mehmonlari «Benom» guruhi yigitlari ekanligini ta’kidlab o’tamiz. Sarvar va Komil «PhotoMania» loyihasining navbatdagi mehmonlari bo’lishdi. Loyihamizning mazkur sonida bir qator o’zgarishlar yuz berdi. Aniqroq to’xtaladigan bo’lsak, endilikda «PhotoMania» loyihasida erkak xonandalar soch turmagi ustida bizning yangi stilist hamkorimiz ish olib boradi. «Nuri Style» tahallusi ostida ish olib boradigan professional stilistning ishiga endilikda baho berishingiz mumkin. «Benom» guruhining soch turmaklari ustida aynan mana shu hamkorimiz ish olib bordi. Yana bir o’zgarish — loyihaning videosida o’zgarishlar bor. Montaj ishlari bir qadam yuqoriladi, deb bemalol aytishimiz mumkin. Gapimiz tasdig’ini videoni tomosha qilibgina bilib olishingiz mumkin. Loyihani chiroyli va yuqori sifatda taqdim etayotganligi uchun «NVS» professional foto va video studiyasiga minnatdorchilik bildirib qolamiz. Quyida videodan olingan fotolavhalar va videoni ko’chirib olish imkoniyati taqdim etilgan. Kelgusi haftada esa «PhotoMania» loyihasida «Benom» guruhidan professional fotosuratlarni kuting!!!

«PhotoMania» loyihasida «Benom» guruhi (183)


Muallif: | Bo'lim: PhotoMania, Tanlanganlar | 1 044 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *