Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
11 Apr, 2013

«PhotoMania» yana siz bilan! Navbat Ziyodaga!!!

PhotoMania ZiyodaBir oylik tanaffusdan so’ng SB.uz portalining «PhotoMania» loyihasi yana o’z faoliyatini boshladi. Loyihamizda katta o’zgarishlar yuz berdi. Birinchi o’zgarish bu yangi professional studiya bilan boshlangan hamkorlik. Aynan shu hamkorlik samarasini bugun ko’rishingiz mumkin. Loyihada yangilik — endi «PhotoMania»ni videosini ham tomosha qilasiz!!!

«PhotoMania» loyihasi yangi hamkor bilan yanada mukammallashdi. Endilikda yuqorida aytganimizdek, fotosuratlarga tushirish jarayonini eksklyuziv video shaklida ham tomosha qilishingiz mumkin. Ishonamizki, bunday ajoyib qo’shimcha sizlarga ma’qul keladi. Demak, yangi hamkorimiz bilan tanishing: «NVS Studio» professional foto va video studiyasi. Ajoyib fotostudiya bilan hamkorlikdagi «PhotoMania» loyihasining ilk sonini taqdim etamiz. Unda sizning sevimli yulduzingiz Ziyodani ko’rishingiz mumkin. Iste’dodli va maftunkor Ziyoda anchadan buyon professional fotosuratlarga tushmayotganligini ta’kidlab o’tdi. Mana SB.uz portali va «NVS Studio» tomonidan taqdim etilayotgan mazkur loyihada Ziyodadan 2013 yilgi eksklyuziv fotojamlanma taqdim etiladi. «PhotoMania»ning videosini ham albatta tomosha qiling. Bu sizga yoqadi!!! Bunday loyiha hali O’zbekistonda yulduzlar orasida bo’lmagan!!! Marhamat, fotosuratlar sizga muntazir! Odatga ko’ra endi har payshanba «PhotoMania»ni kuzatib boring!!!

«PhotoMania» loyihasida Ziyoda (405)


Muallif: | Bo'lim: PhotoMania, Tanlanganlar | 3 261 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *