Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
5 Okt, 2013

Aziz Rajabiy «PhotoMania»da kuyladi!

PhotoMania Aziz Rajabiy videoSB.uz portali hamda «NVS» studiyasi hamkorligidagi «PhotoMania» loyihasi davom etmoqda. Sevimli loyihaning bu galgi soni biroz kechroq taqdim etilmoqda. Aslida har haftaning payshanbasida chiqadigan loyihamiz, bu safar shanba kuni havola qilinmoqda. Bu holat uchun albatta uzr so’raymiz.

«PhotoMania»ning bu safargi soni ham o’z vaqtida chiqardi, ba’zi bir sabablarga ko’ra afsuski 2 kunga kech qoldik. Bizni to’g'ri tushunasiz degan umiddamiz. Demak, loyihaga qaytsak. «PhotoMania» loyihasining navbatdagi sonida Aziz Rajabiy mehmon bo’ldi. Xushovoz xonanda Aziz Rajabiy ham Ravshan Sobirov kabi o’z uslubida «PhotoMania»ni hirgoyi qildi. Buni videoni tomosha qilib o’zingiz guvohiga aylanishingiz mumkin. Loyihaning ushbu sonidan boshlab, endilikda erkak xonandalarimiz uchun ham stilist o’z imkoniyatlarini ishga soladi. Aziz Rajabiyning soch turmagi ustida stilist Behzod Mahkamov ish olib bordi. Buni videoda ko’rishingiz mumkin. Navbatdagi videoni yanda chiroyli qilib taqdim etganliklari uchun «NVS» professional foto va video studiyasiga o’z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

«PhotoMania» loyihasida Aziz Rajabiy (60)


Muallif: | Bo'lim: PhotoMania, Tanlanganlar | 312 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *