Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Yarim finalda 3ta Shahzoda!!!
12 Fev, 2013

Yarim finalda 3ta Shahzoda!!!

Photo CupAyni kunlarda «Photo Cup» loyihasining 6-chempionatida yarim final baxslari bo’lib o’tmoqda. Loyihaning chorak finali kuni kecha o’z yakuniga yetdi va hozirda yarim final o’yinlari avjiga chiqqan palla. Xo’sh, chorak finaldan kimlar o’tdi va yarim finalda qanday baxslar davom etmoqda?

Chorak finalda birinchi juftlik Katrina Kaif hamda Odil Ahmedov juftligi edi. Ular o’zaro kurashda Katrinaning g’alabasiga imzo chekishdi. Kaka hamda Shahzoda o’rtasidagi kurashda albatta Shahzoda katta yetakchilik qilib, g’olib kim ekanligini ko’rsatib qo’ydi. Ikki aktrisamiz Asal Shodieva hamda Shahzoda Muhammedova «foto-jangi» Shahzoda Muhammedova g’alabasi bilan yakun topdi. So’nggi juftlikda Jennifer Lopez hamda Shahzoda Matchonova kurash olib borishdi. O’zbek aktrisasi Jenniferni dog’da qoldira oldi.
Ana endi yarim final juftliklari-kurashlari haqida so’zlaymiz. Yarim finaldagi g’oliblar chempionlik uchun kurash olib borishidan xabaringiz bor. Shunday ekan, haqiqiy kurashlar aynan yarim finalda bo’lishini ham yaxshi bilasiz. Demak, yarim final ishtirokchilari bilan, o’yinlari bilan tanishamiz. 1-juftlik Katrina Kaif hamda Shahzoda Muhammedova. 2-juftlik Shahzoda va Shahzoda Matchonova. Ahamiyat bergan bo’lsangiz, yarim finalda 3ta Shahzodani ko’rishingiz mumkin. Ulardan 2tasi finalga chiqishga juda yaqin turibdi. Ayniqsa, Shahzoda Muhammedova bu chempionatda ancha faol ishtirok etayotgani e’tiborga molik. Qiziq, nahotki Shahzoda Muhammedova chempion bo’lsa?


Muallif: | Bo'lim: Photo Cup, Tanlanganlar | 843 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *