Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Shahzoda Muhammedovani kim to’xtata olarkin?
9 Apr, 2013

Shahzoda Muhammedovani kim to’xtata olarkin?

Photo Cup«Photo Cup» loyihasining 7-fotosuratlar chempionatida keskin kurashlar davom etmoqda. Mana kechagina chempionatning chorak final uchrashuvlari o’z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan 8 nafar ishtirokchidan odatga ko’ra 4tasi turnirni tark etdi, qolgan 4tasi esa uchrashuvlarni davom ettiradi. Kurashlarni juda kuchli o’tkazayotgan Shahzoda Muhammedovani hech kim to’xtata olmayapti.

Qiziq, Shahzoda Muhammedova 7-chempionatda ham chempion bo’larmikin? Buni albatta vaqt ko’rsatadi. Hozir esa sizlarga chorak final uchrashuvlari haqida qisqacha so’zlab o’tamiz. Chorak final o’yinlarida biz Farruh Soipov hamda Selena Gomez qarama-qarshiligini ko’rdik. Ahamiyat bergan bo’lsangiz, chorak finalga yetib kelgan yagona erkak yulduz Farruh Soipov bo’ldi. Qolganlar esa allaqachon turnirni tark etishgan edi. Ammo, Farruhga ham omad u qadar uzoq kulib boqmadi. Selena Gomez yarim finalda ishtirok etishga haqli ekanligini ko’rsatib qo’ydi. Murosasiz kechgan uchrashuvda faqatgina 1ta ovoz farqi bilan Selena ustunlikka erishdi. Ikkinchi juftlik hind kinosining go’zal aktrisalari o’rtasida kechdi. Bu to’qnashuv ham anchayin qiyin uchrashuv bo’ldi. Kareena Kapoor bir amallab Katrina Kaif ustidan g’alabaga erishdi. Keyingi o’yin esa Shahzoda Muhammedova hamda Asal Shodieva, ya’ni o’zbek aktrisalari o’rtasida kechdi. Bu ikki aktrisaning o’zaro o’tkazgan uchrashuvlari ham anchayin jiddiy tus oldi. Natija Shahzoda Muhammedova foydasiga hal bo’ldi. Zamzama hamda Gulnora Qosimovaning o’yinida esa Zamzamaning qo’li baland keldi. Gulnora Qosimova ham chakki kurash olib bormadi.
Mana shu asnoda chorak final ham yakuniga yetdi. Yarim finalchilarimiz esa endi final yo’llanmasi uchun kurash olib boradilar. Yarim finalda Shahzoda Muhammedova Selena Gomezga qarshi, Kareena Kapoor esa Zamzamaga qarshi «maydon»ga chiqadilar. Xo’sh, Shahzoda Muhammedovani Selena Gomez to’xtata olarmikin? Ko’ramiz!!!

So’nggi o’yinlar natijalari bilan tanishish va yarim finalda ovoz berish uchun yo’llanma

Play-off o’yinlari ro’yhatini ko’rish


Muallif: | Bo'lim: Photo Cup | 909 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *