Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Photo Cup»da play-off boshlanadi. Kimlar chiqdi?
25 Yan, 2013

«Photo Cup»da play-off boshlanadi. Kimlar chiqdi?

Photo CupPortalimizning «Photo Cup» loyihasining 6-fotosuratlar chempionatida play-off o’yinlariga ertadan start beriladi. Xo’sh, 6-chempionatning play-off bosqichiga kimlar chiqdi? 16ta kuchli va omadli ishtirokchilarga kimlar aylandi? Alamli mag’lubiyatlar va omadsiz g’alabalar qurboni kimlar bo’ldi? Hammasiga javobni hoziroq bilib olamiz.

Demak, play-off bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritgan 16ta ishtirokchi bilan sizlarni tanishtiramiz. Shahzoda Muhammedova, Shahzoda Matchonova, Kaka, Katrina Kaif, Jennifer Lopez, Shohruhxon, Shahzoda, Odil Ahmedov, Cristiano Ronaldo, Umidaxon, Asal Shodieva, Shakira, Farruh Soipov, Shahrukh Khan, Muborak Ashurboeva, Rayhon. Bular keyingi bosqichga chiqqan yulduzlar. Albatta biz hammalarini ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz. Biroq, ular bilan bir xil kurash olib, keyingi bosqichga chiqish uchun bir xilda ochko to’plagan, ammo chiqa olmaganlar ham yo’q emas. «Benom» guruhi hamda Selena Gomez shular jumlasidandir. Afsuski ular uchun chempionat shu joyida yakuniga yetdi. Oybek va Nigora hamda Nilufar Usmonovaning fotosuratlari ham play-offda ishtirok etish uchun loyiq fotosuratlar edi, deb hisoblayman. Ammo, bu o’yin. Unda g’oliblar bo’lgani kabi, mag’lublar ham bo’lishi kerak.

Ana endi play-offdagi raqiblar haqida to’xtalib o’tamiz. Quyida barcha juftliklar ko’rsatib o’tilgan. Ammo, biz eng kuchli o’yinlar deb bilayotgan tahminlarimizni aytib o’tmoqchimiz. Asal Shodieva hamda Shohruhxon o’rtasidagi to’qnashuv ko’pchilikni befarq qoldirmasa kerak. Jennifer Lopez hamda Shakira kurashida jahon yulduzlarining haqiqiy «jangi»ni ko’rsak ajab emas. Yana bir «jang» ikki futbolchi o’rtasida kechadi. Odil Ahmedov hamda Cristiano Ronaldo. Qani ko’ramiz, qaysi futbolchi kuchliroq ekan. O’zimiznikimi yoki xorijniki. Shahzoda Muhammedova hamda Rayhon. Bu ikki yulduz o’rtasida kimning fotosurati yaxshiroq ekanligini aniqlash biroz mushkul. Ammo, ashaddiy muxlislarning beradigan ovozlari bunga aniq oydinlik kiritadi. Uchrashuv ancha qiziq ketishi kutilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: Photo Cup | 2 088 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *