Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Photo Cup»da o’zbek aktrisalari g’alabalari!
2 Fev, 2013

«Photo Cup»da o’zbek aktrisalari g’alabalari!

Photo CupFotosuratlar chempionati davom etadi. Portalimizning orginal loyihalaridan biri hisoblanadigan «Photo Cup» loyihasining 6-chempionatida nimchorak final uchrashuvlari o’z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan 16ta yulduzdan 8tasi keyingi bosqichga yo’llanma oldi. Qolganlari esa chempionatni tark etishdi.

Xo’sh, mana kimlar yutdi va kimlar yutqazdi? Chorak final uchrashuvlarida qanday qarshiliklarga guvoh bo’lamiz? 6-chempion bo’lish uchun kurash olib borayotgan yulduzlar bilan hoziroq tanishamiz.
Nimchorak final uchrashuvlari anchayin murosasiz baxslarga boy bo’ldi. Mana shular haqida hozir to’xtalib o’tamiz. Birinchi uchrashuvda Farruh Soipov hamda Katrina Kaif qarshiligini ko’rishimiz mumkin edi. Yakuniy natijaga ko’ra hind aktrisasi o’zbek aktyoridan kattagina farq bilan g’alabaga erishdi. 2-o’yin jahon futboli yulduzi Kaka va hind aktyori Shahrukh Khan o’rtasida kechdi. Bu yerda taniqli futbol yulduzi Kakani g’alaba bilan tabriklashimiz mumkin. Asal Shodieva hamda o’zbek estradasi xonandasi Shohruhxon fotosuratlari o’rtasidagi «jang» kutilmaganda Asal Shodievaning katta ustunligidagi g’alaba bilan yakun topdi. Jahon estradasining 2 yulduzi Jennifer Lopez va Shakiraning kurashi juda keskin tarzda o’tdi. So’nggi daqiqaga qadar davom etgan kurashlarning yakunida Jennifer Lopez g’alabani ilib ketdi. Undan keyingi juftlikda esa 2 futbol yulduzini ko’rishimiz mumkin. Cristiano Ronaldo hamda Odil Ahmedov. Bu uchrashuvda ham murosa qilish ancha qiyin kechdi. Ammo, o’zimizning futbol yulduzimiz muvaffaqiyat qozondi. Shahzoda va Umidaxon keyingi juftlikda namoyon bo’ldi. Tabiiyki, bu yerda Shahzoda Umidaxonga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. So’nggi kurashlardan biri Shahzoda Muhammedova va Rayhon o’rtasida bo’lib o’tdi. Ko’pchilik uchun kutilmagan natija mana shu uchrashuvda qayd etildi. Shahzoda Muhammedova o’zining kuchli raqibi ustidan yirik hisobda 91 — 37 natijasi bilan g’alaba qozondi. Eng so’nggi juftlikda ikki aktrisamizni ko’rishimiz mumkin. Muborak Ashurboeva hamda Shahzoda Matchonova. Albatta bu yerda Shahzoda Matchonova loyihamizning malakali ishtirokchilaridan biri bo’lganligi sababli ham g’alabani o’ziniki qilib oldi.

2013 yil 3-fevral kuni start oladigan 6-fotosuratlar chempionatining chorak final o’yinlarida quyidagi juftliklar kurash olib boradilar:

Katrina Kaif — Odil Ahmedov
Kaka — Shahzoda
Asal Shodieva — Shahzoda Muhammedova
Jennifer Lopez — Shahzoda Matchonova

 

So’nggi o’yin natijalarini ko’rish va yarim finalda ovoz berish uchun yo’llanma

 


Muallif: | Bo'lim: Photo Cup | 1 440 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *