«Photo Cup»da ilk xorijlik chempion — Kareena Kapoor!
SB.uz portalining «Photo Cup» loyihasining 7-chempionati ham o’z yakuniga yetdi. Kuni kecha yakun topgan final uchrashuvi natijasi bilan bugun sizlarni tanishtirishimiz mumkin. 7-chempionat o’yinlari juda murosasiz baxslarga to’la bo’ldi. Ayniqsa Shahzoda Muhammedovaning kuchli yurishi finalga qadar davom etdi.
7-fotosuratlar chempionatining finalida o’zbek aktrisasi Shahzoda Muhammedova jahon yulduzi, hind aktrisasi Kareena Kapoorga qarshi keldi. Juda ham qiyin kechgan ushbu uchrashuv yakunida so’nggi soniyalarga qadar kechgan o’yin natijasi Kareena Kapoor foydasiga hal bo’ldi. Kareena Kapoor ham chempionat davomida ajoyib o’yinlari bilan barchani lol qoldirgan holda finalga qadar yetib keldi. Finalda 6-chempionat g’olibasi Shahzoda Muhammedovaning g’alabasi kutilgan bo’lsada, so’nggi soniyalarga qadar kechgan o’yin Kareena Kapoor foydasiga hal bo’ldi. Biz «Photo Cup» tarixidagi ilk xorijlik chempionni qarshilamoqdamiz. O’tgan 6ta chempionatda biror marta xorij yulduzi chempion bo’lmagan edi. Mana endi navbat yetib keldi. Marhamat, yangi chempionni qarshi oling!
«Photo Cup» loyihasiga tashrif buyurish uchun yo’llanma