Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Photo Cup»da 3-tur boshlandi. 2-tur haqida qisqacha!
18 Iyul, 2013

«Photo Cup»da 3-tur boshlandi. 2-tur haqida qisqacha!

Photo CupSB.uz portalining «Photo Cup» loyihasida 3-tur o’yinlariga bugun start berildi. 2-tur o’yinlari qanday kurashlar bilan kechganini o’zingiz ko’rgan bo’lsangiz kerak. Bugun biz maqolamizda asosiy e’tiborni bo’lib o’tgan o’yinlarga emas, balki keyingi bosqich masalasini kimlar hal qilganligiga qaratamiz.

«Photo Cup» loyihasida 9-chempionat o’yinlari bo’lib o’tmoqda. Unda ishtirok etayotgan 32ta yulduzning fotosuratlari chempionlik uchun shiddatli kurashga kirishishgan. Kuni kecha chempionatning 2-tur o’yinlari yakuniga yetgan bo’lib, nimchorak final masalasini hal qilgan bir qator ishtirokchilar nomlari ma’lum bo’ldi. Mana shu yulduzlar bilan sizlarni tanishtirib o’tamiz.

A-guruhida guruhni boshqarib borayotgan Oybek va Nigorada 6 ochko bo’lsada, biroq keyingi bosqichga chiqa olmasligi ham mumkin. Ushbu guruhda nimchorak finalga muddatidan avval chiqqan ishtirokchi yo’q. Biroq, guruh a’zolaridan biri Kim Tae Hee 3-tur o’yinlarida qanday natija qayd etishidan qat’iy nazar, keyingi bosqichga chiqa olmasligi aniq bo’lib ulgurdi.
B-guruhida hamma masala hal bo’lgan. Lola va Asal Shodieva nimchorak final haqida bosh qotirishni boshlab yuborishgan bo’lsa, Dilshodbek Kattabekov hamda Necati Sasmaz uchun chempionat yakuniga yetdi. Yakuniy o’zaro uchrashuvlari «o’rtoqlik» maqomiga tushib qoldi.
C-guruhida maftunkor aktrisamiz Zarina Nizomiddinova nimchorak final masalasini hal qilib bo’ldi. Koreyaning mashhur «Girls Generation» guruhi esa, asta-sekin koreaga qaytaversalar ham bo’ladi. Yodgor Mirzajonov va Aishwarya Rai ikkinchi yo’llanma uchun kurashda davom etmoqdalar.
D-guruhida ham keyingi bosqich masalasi muddatidan oldin hal qilib bo’lingan. Keyingi bosqichda Shahzoda Matchonova va Katrina Kaifni ko’rishimiz mumkin. Shahrukh Khan hamda Iker Casillas haqiqiy jentlmenlardek, ayollarga imkoniyatni taqdim etdilar.
E-guruhida hind aktrisasi Kareena Kapoor so’nggi paytlardagi yetakchilikni hech kimga bermagan holda guruh peshqadami sifatida guruhdan chiqib ulgurdi. «Photo Cup» loyihasida omadsiz yurishini davom ettirayotgan «Benom» guruhi esa endi uyi tomon yo’l oladi. Rayhon va Pitbullning biri keyingi bosqichga chiqish imkoniyatiga egalar.
F-guruhi ishtirokchilari orasida Dineyra yaxshi o’yin ko’rsatayotgan bo’lsada, keyingi bosqichga chiqa olmasligi mumkin. Ammo, keyingi bosqichga chiqish ehtimoli juda yuqori. Alisher Uzoqov esa san’atni tark etgani kabi, 9-fotosuratlar chempionatini ham tark etdi. Kurashda davom etayotganlar orasida Cristiano Ronaldo va Farruh Komilov qolgan.
G-guruhida o’tgan chempionatning chempioni Shahzoda bor bo’lsada, guruhdan chiqish masalasini hattoki u ham hal qila olmagan hozircha. Ammo, imkoniyatlari juda baland. Botir Qodirov esa chempionatning boshidan buyon ishtirok etayotgan rasmi kabi hayrlashayotgan edi. Mana endi haqiqatdan ham chempionat bilan hayrlashmoqda. Ulug’bek Qodirov va Shakira esa nimchorakdan umidini uzishmagan.
H-guruhi — bu yakuniy guruh. Bu yerda ham masalalar hal bo’lmagan. Lekin eng yaxshi imkoniyat Shahzoda Muhammedovada. Undan tashqari Manzura va Jennifer Lopez ham nimchorakda ishtirok etish niyatidalar. Xo’sh, ulardan qay birlari guruhdan chiqa olar ekan. Buni vaqt ko’rsatadi. Guruhdagi yagona erkak ishtirokchi bu futbolist Geynrix edi. U bu safar ham omadsizlikka uchradi.

So’nggi tur o’yinlari natijalari bilan tanishish uchun yo’llanma

Guruh jadvali bilan tanishish uchun yo’llanma


Muallif: | Bo'lim: Photo Cup, Tanlanganlar | 492 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *