Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Photo Cup» loyihasida 1-tur tugadi, 2-tur boshlandi!
9 May, 2013

«Photo Cup» loyihasida 1-tur tugadi, 2-tur boshlandi!

Photo Cup«Photo Cup» loyihasining 8-chempionat o’yinlari 1-tur uchrashuvlari o’z nihoyasiga yetdi va 2-tur uchrashuvlariga start berildi. Birinchi tur o’yinlarida bir qator qiziqarli to’qnashuvlarga guvoh bo’ldik. Mana shular haqida bugun biz sizlarga ma’lumotlar beramiz. 2-turda esa faolroq ishtirok etishga taklif qilamiz.

Demak, 1-tur o’yinlari haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz. Barcha uchrashuvlarda bittadan g’alaba va bittadan mag’lubiyat bor. Birorta ham durrang natija qayd etilmadi. Bu guruh peshqadamlarini tezroq aniqlab olishimizga yordam beradi. Biroq, 2-tur o’yinlari barchasini chalkashtirib yuborishi ham hech gap emas. Shunday ekan, oldindan biror xulosaga kelishga shoshilmang. 1-turda eng ko’p ovoz yaqindagina o’z yakkaxon konsert dasturidan qutilib olgan Shahzodaga berildi. Eng kam ovoz olgan, aniqrog’i umuman ovoz olmagan ishtirokchi bu koreyalik xonanda Lee Hyori hisoblanadi. Katrina Kaif, Cristiano Ronaldo, Shahzoda Muhammedova singari bir qator yulduzlarimiz 1-tur o’yinlarida kim aslida kim degan savolga qisman javob berib qo’ydilar. Qani ko’ramiz, 2-turda ham ular shu so’zni so’zlar olarmikinlar. Barcha uchrashuv natijalari bilan tanishish uchun va 2-tur uchrashuvlarida ishtirok etish uchun quyida yo’llanmalar taqdim etmoqdamiz.

 

1-tur uchrashuvlari natijalari bilan tanishish uchun yo’llanma

2-tur uchrashuvlarida ovoz berish uchun yo’llanma

 


Muallif: | Bo'lim: Photo Cup | 279 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *