Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Photo Cup» loyihasi guruh o’yinlari tugadi
24 Mart, 2013

«Photo Cup» loyihasi guruh o’yinlari tugadi

Photo CupSB.uz portalining «Photo Cup» loyihasi davom etadi. 7-fotosuratlar chempionatida kuni kecha guruh bosqichi o’yinlari o’z nihoyasiga yetdi. Unda ishtirok etgan 32 nafar yulduzdan 16tasi nimchorak finalga yo’l olgan bo’lsa, qolgan 16tasi turnir bilan hayrlashdilar. Ana endi nimchorakchilarni aniq ro’yhati bilan tanishish fursati yetdi.

«Photo Cup» loyihasining 7-fotosuratlar chempionati 3-tur o’yinlari doirasida kechgan uchrashuvlarda kutilmagan natijalar va muhim o’yinlar bilan bir qatorda, ahamiyatsiz o’yinlar ham bo’ldi. Bugun biz har bir o’yinga alohida to’xtalib o’tmoqchi emasmiz, balki eng muhim o’yinlar haqida so’z yuritib, nimchorak finalchilar bilan sizni tanishtirmoqchimiz. 3-tur o’yinlaridagi qiziqarli o’yinlardan biri Selena Gomez hamda Katrina Kaif o’rtasida kechdi. Bu ikki xorij yulduzi guruhning 1-o’rini kimga tegishli ekanligini aniqlash uchun kurash olib bordilar. Natija hind aktrisasi foydasiga hal bo’ldi. Yana bir antiqa uchrashuv Kareena Kapoor hamda Doston Ubaydullaev o’rtasida kechdi. 2 ta tur natijasiga ko’ra birorta ham ovoz to’play olmagan Doston Ubaydullaev, kutilmaganda guruhni 1 o’rnida borayotgan Kareena Kapoorni katta farq bilan mag’lub etdi. Aynan shu uchrashuv ba’zi texnik sabablarga ko’ra orada 2-3 kun mobaynida ovoz berish imkoniyati ishlamay qolgani ham kutilmagan holat. Mazkur guruhning 2-juftligi turning eng muhim uchrashuvi edi, desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Zero, 2-yo’llanma uchun kechadigan kurashda yoki Shahzoda yoki Shakira g’alaba qozonishi talab etilar edi. Shahzoda Shakiradan bu chempionatda ustun ekanligini ko’rsata oldi. Yana bir e’tiborli o’yin Zarina Nizomiddinova hamda Farruh Soipov o’rtasida bo’lib o’tdi. Guruhning birinchiligi uchun kechgan kurashda Zarina katta farq bilan Farruhni mag’lub eta oldi.

Ana endi bemalol nimchorak final juftliklari bilan sizlarni tanishtirishimiz mumkin.

Shahzoda — Farruh Soipov
Zarina Nizomiddinova — Kareena Kapoor
Shahzoda Muhammedova — Necati Sasmaz
Cristiano Ronaldo — Zamzama
Lola — Selena Gomez
Katrina Kaif — PSY
Asal Shodieva — Robert Downey Jr.
Nyusha — Gulnora Qosimova

Ko’rib turganingizdek nimchorakdagi juftliklar chakki emas. Hattoki, juda qiziqarli ham. Ayniqsa, nimchorak finalning asosiy o’yinlari deb Zarina Nizomiddinova — Kareena Kapoor va Lola — Selena Gomez juftliklarini ko’rsatsak bo’ladi. Biz nimchorakka chiqa olgan barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz. Chiqa olmaganlardan esa kelgusi chempionatlarda yaxshi fotosuratlar kutib qolamiz.

 

3-tur o’yinlari natijalari bilan tanishish va nimchorak finalda ovoz berish uchun yo’llanma

 

Play-off o’yinlari haqida ma’lumot olish uchun yo’llanma

 


Muallif: | Bo'lim: Photo Cup, Tanlanganlar | 375 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *