Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Photo Cup» loyihasi chorak finalida faqat qizlar!!!
3 Avg, 2013

«Photo Cup» loyihasi chorak finalida faqat qizlar!!!

Photo Cup«Photo Cup» loyihasida kurash davom etmoqda. 9-fotosuratlar chempionatining chempioniga aylanish imkoniyati faqat va faqat bir yulduzga nasib etadi. U kim bo’lishini esa siz aziz muxlislar bergan ovoz aniqlab beradi. Kuni kecha chempionatimizning nimchorak finali uchrashuvlari o’z yakuniga yetdi.

Endilikda chorak finalda ishtirok etadigan yulduzlarimiz nomlari aniq bo’ldi. Xo’sh, ular kimlar degan savolga hozir javob olasiz. Nimchorak finaldan eson-omon o’tgan ishtirokchilarimiz hech qanday qiyinchiliksiz o’z raqiblarini ma’glub eta oldilar, deb baralla aytsak bo’ladi, nazarimda. Keling bu safar so’nggi o’yin natijalariga e’tibor qaratmaymiz, yaxshisi kelgusi o’yinlar haqida fikr yuritamiz.

Chorak finalda ishtirok etadigan yulduzlarimiz quyidagicha ko’rinishda bir-birlariga raqib bo’lib tushdilar:

Shahzoda — Kareena Kapoor. Bu qarama-qarshilik so’nggi ikki chempionning o’zaro kurashi, deb ataladi. Xo’sh, yettinchi va sakkizinchi fotosuratlar chempionati chempionlari kurashida, kim g’olib chiqar ekan? Bu chorak finalning asosiy o’yiniga aylansa ajab emas.
Asal Shodieva — Rayhon. Ha bu yerda ham murosasiz kurash bo’lib o’tishiga shubha qilmasak ham bo’ladi. Ikkisining ham fotosurati chiroyli, lekin yarim finalda ulardan faqat bittasigina ishtirok etadi. Kim?
Zarina Nizomiddinova — Shahzoda Muhammedova. Ana endi bu yerda ham o’yin ancha qizg’in tus olishi aniq. Ikki nomdor aktrisa. Ikkisining ham muxlislari talaygina. Ikkisi ham jozibador. Biroq, ulardan faqat bittasi yarim finalda qatnashadi.
Shahzoda Matchonova — Dineyra. Bu juftlikka endi nima deysiz? Ikki dugona. Bir-birini juda hurmat qiladigan ijodkorlar. Yana o’sha holat. Yoki Shahzoda Matchonova yoki Dineyra keyingi bosqichda qatnashishi mumkin.

Chorak finaldagi kurashlar darhaqiqat juda va juda kuchli o’yinlardan iborat. Shunday ekan, sevimli yulduzlaringizni qo’llab-quvvatlashni unutmang!!!

Nimchorak final o’yinlari natijalari bilan tanishish va chorak finalda ovoz berish uchun yo’llanma

Play-off o’yinlari bilan tanishib borish uchun yo’llanma


Muallif: | Bo'lim: Photo Cup | 1 593 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *