Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Photo Cup»: 9-chempionat 1-tur yakuniga yetdi
9 Iyul, 2013

«Photo Cup»: 9-chempionat 1-tur yakuniga yetdi

Photo Cup«Photo Cup» — bu fotosuratlarning haqiqiy chempionati. Unda 32ta turli yulduzlarning fotosuratlari o’zaro chempionlik uchun kurash olib boradilar. Mana shu chempionatning hisob bo’yicha 9-si ham ayni kunlarda bo’lib o’tmoqda. Mana kechagina 1-tur o’yinlari yakuniga yetdi.

9-fotosuratlar chempionatida ishtirok etayotgan fotosuratlar juda ham chiroyli va chempionlik uchun davogar bo’lgan fotosuratlar bir qancha topiladi. Jumladan, Asal Shodieva, Zarina Nizomiddinova, Shahzoda Matchonova, Katrina Kaif, Rayhon, Kareena Kapoor, Shahzoda, Shahzoda Muhammedova va Manzura chempionlik uchun asosiy davogarlar qatoriga kirishmoqda. Ahamiyat berganingizdek, chempionlik uchun ayol yulduzlar asosiy davogar hisoblanishmoqda. Buning sababini esa, fotosuratlarni tomosha qilgach bilib olasiz.

Demak, mazkur loyihada kecha birinchi tur uchrashuvlari o’z yakuniga yetdi. Xo’sh, ilk tur natijalari qanday ko’rinish oldi ekan? Bu savolga hoziroq javob topishingiz mumkin. Quyida siz azizlarga mazkur natijalarni ma’lum qilamiz.

A-guruhi. Ushbu guruhdagi ilk uchrashuv Shohruhxon va koreys aktrisasi Kim Tae-hee o’rtasida kechdi. O’yin yakunida Shohruhxon g’alaba qozondi. Ikkinchi to’qnashuvda esa Oybek va Nigora hamda koreys xonandasi Lee Hyori kim kuchli, degan savolga javob izlashdi. O’zbek juftligi g’alabaga erishdi.
B-guruhi. Lola va Dilshodbek Kattabekov. Natijada kutilganidek, Lola foydasiga hal bo’ldi. Ikkinchi juftlikda o’zbek aktrisasi Asal Shodieva Necati Sasmazga qarshi «maydon»ga chiqdi. Asal Shodievaning maftunkor fotosurati Necati Sasmazga imkoniyat qoldirmadi.
C-guruhi. Chempionlik uchun asosiy davogarlardan sanalgan Zarina Nizomiddinova Yodgor Mirzajonovni osongina mag’lub etdi. Ko’pchilikka yaxshi tanish «Girls Generation» koreys guruhi ham ushbu gurudan o’rin olgan bo’lib, dunyo go’zali Aishwarya Raiga qarshilik ko’rsatishga urunib ko’rishdi. Ammo, lekin, biroq… Aishwarya Rai ustun chiqdi.
D-guruhi. Shahzoda Matchonova mazkur chempionatda g’olib chiqish uchun yana bir davogar hisoblanadi. Iker Casillasga qarshi ilk uchrashuvda bu tahminlar to’g'ri ekanligini ko’rsatib qo’ydi. Ya’ni, uchrashuvdaga g’alabani nishonlash aynan unga nasib etdi. Guruhning ikkinchi to’qnashuvini hindcha kurash, desak noto’g'ri bo’lmasa kerak. Zero, ushbu juftlik Katrina Kaif va Shahrukh Khan bo’ldi. Bu yerda ham ayol yulduzning qo’li baland keldi.
E-guruhi. Rayhon va «Benom» guruhi. G’alaba Rayhon tarafda. Nazarimda bu to’qnashuvdan boshqa natija kutishni o’zi noto’g'ri bo’lar edi. Keyingi kurashda so’nggi paytlarda «Photo Cup»ning eng nomdor ishtirokchisiga aylanib borayotgan, PC Reytingda yetakchilikni hech kimga bermay kelayotgan Kareena Kapoor Pitbullga qarshi kurash olib bordi. Ha, albatta g’alaba ham Kareena Kapoor tomonda bo’ldi. Kareena Kapoor ham 9-chempionatning favoritlaridan biri hisoblanadi.
F-guruhi. Cristiano Ronaldo va Dineyra. Anchayin kurashlarga boy uchrashuvda Cristiano Ronaldo g’alabasiga ishonganlar talaygina edi. Biroq, Dineyraning «PhotoMania» loyihasida «NVS» studiyasi fotosuratchilari tomonidan tushirilgan mazkur fotosurati jahon futboli yulduziga imkoniyat bermadi. Guruhning navbatdagi o’yini Alisher Uzoqov va Farruh Komilov qarama-qarshiligida o’tdi. Bu yerda Farruh Komilov usunlikka erishdi.
G-guruhi. 8-fotosuratlar chempionati chempioni Shahzoda 9-chempionatdagi ilk uchrashuvini Botir Qodirovga qarshi o’tkazdi va g’alabali yurishini boshladi. G-guruhining keyingi uchrashuvida Shakira va Ulug’bek Qodirovni ko’rishimiz mumkin edi. Mazkur uchrashuvda Ulug’bek Qodirov Shakirani mag’lubiyatga uchratish imkonini topa oldi.
H-guruhi. Mazkur chempionatda chempionlik uchun astoydil kurash olib boradiganlar ro’yhatida Shahzoda Muhammedova ham bor. U ilk uchrashuvini Alexander Geynrikhga qarshi o’tkazdi va o’ziga kerakli g’alabaga ega chiqdi. Jennifer Lopez kutilmaganda, balki kutilganda Manzuraga mag’lub bo’ldi.

Mazkur uchrashuvlarda qayd etilgan natijalar bilan tanishish istagida bo’lsangiz, quyidagi yo’llanma orqali tashrif buyurishingiz mumkin.

9-fotosuratlar chempionati 1-tur uchrashuvlari natijalari bilan tanishish uchun yo’llanma

9-fotosuratlar chempionati guruh o’yinlari taqvimi bilan tanishish uchun yo’llanma


Muallif: | Bo'lim: Photo Cup | 579 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *