Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Photo Cup» 8-chempionati 2-turi yakuniga yetdi
16 May, 2013

«Photo Cup» 8-chempionati 2-turi yakuniga yetdi

Photo CupSevimli portalning sevimli loyihalaridan biri «Photo Cup» loyihasining 8-chempionati 2-tur o’yinlari ham kecha o’z nihoyasiga yetdi. Unda ishtirok etgan har bir yulduzli ishtirokchi keyingi bosqich masalasini hal etish yo’lida bor imkoniyatlarini ishga soldilar, desak mubolag’a bo’lmasa kerak.

Demak, hisob bo’yicha 8-fotosuratlar chemoionatining 2-turida o’tgan eng muhim uchrashuvlarga e’tiboringizni qaratamiz. O’z vaqtida anchayin kuchli ishtirokchi bo’lgan Shahzoda Matchonova asta-sekin yana o’z mavqeini tiklab borishga harakat qilmoqda. 2-tur doirasida kechgan o’yinlarda Shahzoda Matchonova Tohir Sodiqov ustidan g’alabaga erishdi. Taniqli o’zbek aktyorlari orasida 2ta mashhur Rajabov bor, ulardan biri Murod Rajabov bo’lsa, ikkinchisi Adiz Rajabov. Bu ikki ishtirokchining o’zaro bellashuvida kichik Rajabovning qo’li baland keldi. So’nggi paytlarning eng kuchli ishtirokchisi so’zsiz Shahzoda Muhammedova edi. Biroq, buni qarangki, 2-turda kechgan Shahzoda Muhammedova va Inna o’rtasidagi to’qnashuvda Inna Shahzoda ustidan yirik 33-7 natijasi bilan g’alaba qozondi. Nahotki, Shahzoda Muhammedova endi avvalgi kuchga ega bo’lmasa? Bu chempionatda chempionlik uchun Katrina Kaif ham da’vogarlik qilishi kutilayotgani haqida avval xabar bergan edik. Hozircha u bildirilgan ishonchni oqlamoqda. Katrina Timur Kopadze ustidan g’alabaga erishdi. Zarina Nizomiddinova ham mazkur chempionatda chempion bo’lish uchun asosiy nomzodlar sirasiga kiradi. Xorijlik yulduz Britney Spears ustidan erishilgan g’alaba Zarinaning niyati jiddiy ekanligini ko’rsatib turibdi. Selena Gomez bu xorij yulduzi ham juda maftunkor. Uning deyarli barcha fotosuratlari chiroyli. Shunday ekan, u ham so’zsiz chempionlik uchun jiddiy kurashadi. Tahminlar orasida Selena Gomezni 8-chempionat chempioni bo’ladi, degan fikrlar ham yo’q emas. Selena 2-turda koreyaning mashhur guruhi «Gangnam style» nomli dunyo hiti ijrochisi «PSY» guruhiga qarshi kurash olib bordi. Natija albatta Selena foydasiga hal bo’ldi. Amaldagi chempion Kareena Kapoor bu turda Ulug’bek Rahmatullaev bilan uchrashuv o’tkazib, g’alabali yurishini davom ettirdi.
Quyida siz azizlarga foydali yo’llanmalar keltirilmoqda. Marhamat, ushbu yo’llanmalar orqali «Photo Cup» loyihasi rasmiy saytiga tashrif buyuring va o’zingizni qiziqtirgan bir qator savollarga javob oling.

8-fotosuratlar chempionati 2-tur o’yinlari natijalari bilan tanishish va 3-turda ovoz berish uchun yo’llanma

Guruh o’yinlari taqvimi bilan tanishish uchun yo’llanma

 


Muallif: | Bo'lim: Photo Cup | 279 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *