Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Photo Cup» 6-chempionatda 3-tur boshlandi
17 Yan, 2013

«Photo Cup» 6-chempionatda 3-tur boshlandi

Photo CupPortalimizning ajoyib loyihalaridan biri «Photo Cup» davom etmoqda. Mazkur loyihada ayni damda 6-chempionat o’yinlari bo’lib o’tmoqda. Kuni kecha 6-fotosuratlar chempionatining 2-tur o’yinlari o’z nihoyasiga yetgan bo’lsa, mana bugun 3-tur o’yinlariga ham start berildi.

O’tgan turda kurashlar ham jiddiy tus oldi. Rayhon, Selena Gomez, Shahzoda, Jennifer Lopez, Shahzoda Matchonova, Shahzoda Muhammedova kabi yulduzlarning g’alabalari ko’plab muxlislarni xushnud etdi. Zero, aynan shu yulduzlarning muxlislari 2-turda anchagina ko’plab ovoz berib, faol ishtirok etdilar. Bugun har bir o’yinga alohida to’xtalib o’tishni istamadik. Shunchaki, natijalar bilan sizlarni tanishtirishga qaror qildik xolos. Ammo, guruhdan keyingi bosqichga chiqish borasida qisqacha fikrlarimiz bilan o’rtoqlashishga qaror qildik

A — GURUHI. Bu guruhda ayni damda barchada keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bor. Eng katta imkoniyat Shahzoda Muhammedovada.
B — GURUHI. Bu yerda ham barcha ishtirokchilarda keyingi bosqich masalasini hal qilish uchun imkoniyat yetarli. Yetakchilik esa jahon futboli yulduzi Kakada.
C — GURUHI. Yana o’sha holat. Hamma yulduzlar keyingi bosqichdan umid qilishmoqda. Ammo, ulardan faqat 2tasi chiqa oladi. Bulardan biri Jennifer Lopez bo’lishi mumkin.
D — GURUHI. Keyingi bosqich masalasini oldindan hal qilib bo’lgan Shahzodani tabriklab qolamiz. Ammo, Davron Ergashev esa 3-turda har qancha urunmasin, baribir keyingi bosqichga chiqa olmaydi. Shu yerda Davron Ergashevning yurishiga «nuqta» qo’yiladi. Qolgan ikki ishtirokchida esa imkoniyat bor.
E — GURUHI. Cristiano Ronaldo hamda Umidaxon. Biz ularni tabriklashimiz mumkin. Ular keyingi bosqichda. Koreyalik guruh hamda aktrisaga esa o’yin shu yerda yakuniga yetmoqda.
F — GURUHI. Barcha ishtirokchilar play-offda ishtirok etishlari mumkin. Asal Shodievada imkoniyat yuqoriroq.
G — GURUHI. Bu guruhda Farruh Soipov keyingi bosqichga chiqish uchun yaqin turibdi. Biroq, boshqa ishtirokchilarda ham imkoniyat yo’q emas.
H — GURUHI. Ushbu guruhda Selena Gomez yetakchilik qilmoqda. Lekin, qolgan ishtirokchilar ham play-offdan umidlarini hozircha uzganlari yo’q.

Bugungi kundagi turnir jadvali bilan tanishish uchun yo’llanma

2-tur natijalari bilan tanishish uchun yo’llanma

3-tur o’yinlarida ishtirok etish uchun yo’llanma


Muallif: | Bo'lim: Photo Cup, Tanlanganlar | 2 319 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *