Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Photo Cup» 2013 yilning ilk o’yinlarini o’tkazdi!
8 Yan, 2013

«Photo Cup» 2013 yilning ilk o’yinlarini o’tkazdi!

Photo Cup2012 yilning eng unutilmas loyihalaridan biri so’zsiz «Photo Cup» loyihasi bo’ldi. Mazkur loyiha yil davomida barchani diqqat markazida bo’lib, ko’plab hayajonli o’yinlarni bizga taqdim etdi. Ana endi yana hayajonli daqiqalarni ketma-ket boshdan o’tkazmoqdamiz. Demak, 6-fotosuratlar chempionatida birinchi tur yakunlari bo’yicha natijalar bilan tanishtirish fursati yetdi.

32ta ishtirokchi yulduz, 8ta guruh, 16ta to’qnashuv, 7 kun muddat. Aynan mana shu raqamlarning ilk sarhisobi chiqariladigan vaqt keldi. Xo’sh, 6-chempionatning 1-turi qanday yakunlandi? Kimlar g’oliblik nashidasini surdiyu, yana kimlar oq bayroqni ko’rsatmoqda? Savollar doimgidek yetarli topiladi. Ularga javob ham tayyor. Keling faqat turning asosiy o’yinlariga chuqurroq to’xtalib, qolganlarini shunchaki natijasini aytib o’tamiz.

A — GURUHI. Bu guruhdagi asosiy kurash 2ta Shahzoda o’rtasida kechdi. Bu o’yin nafaqat bu guruhning asosiy o’yini edi, balki turning ham asosiy uchrashuvlaridan biri edi. 2 aktrisa, Shahzoda Matchonova hamda Shahzoda Muhammedova. Har ikkisi ham maftunkor, «Photo Cup» loyihasida erishilgan natijalar bo’yicha Shahzoda Matchonova biroz ustunroq edi Shahzoda Muhammedovadan. Lekin, uchrashuv yakunidagi natija hammani hayratga soldi. 7- 17. Shahzoda Muhammedova foydasiga. Guruhning ikkinchi o’yinida esa Britney Spears va Tom Cruise to’qnash keldi. 16 — 4 hisobi bilan Britney o’z kuchini isbotladi.

B — GURUHI. Oybek va Nigora hamda Ulug’bek Qodirov. Ikkiga bir chiqishdi Oybek va Nigora :) . Natijada Ulug’bek Qodirov mag’lub etildi. Hisob: 16 — 5. Yana bir o’yin Katrina Kaif va Kaka o’rtasida bo’lib o’tdi. Hind aktrisasi Jahon futboli yulduzi ustidan g’alaba qozona olmadi.

C — GURUHI. 1-tur o’yinlarining e’tiborli uchrashuvlaridan biri Shohruhxon hamda Jennifer Lopez o’rtasida kechdi. Biroq o’yin kutilganidek, teng kurashlar ostida emas, Jennifer Lopez ustunligida o’tdi. Yakuniya natijada katta farq bilan Shohruhxon g’alabani boy berdi. Mazkur guruhning yana bir juftligi Timati hamda Sevara Nazarxon edi. Sevara Nazarxon Timati ustida ishonarli g’alabaga erishdi.

D — GURUHI. Shahzoda va Nilufar Usmonova. Mazkur o’yin ham turning asosiy o’yinlari ro’yhatidan o’rin olgan bo’lsada, Shahzodaning muxlislari kuchliroq chiqdi shekilli, Nilufar Usmonova kuchli qarshilik ko’rsata olmadi. G’oliblik uchun Nilufar imkon darajasida harakat qilgan bo’lsada, Shahzoda juda ham katta farq bilan, 35 — 11 natijasida o’z raqibidan ustun keldi. D — guruhida shuningdek, Davron Ergashev va Odil Ahmedov kurash olib bordi. G’alabalik onlarni Odil Ahmedov nishonlaydigan bo’ldi.

E — GURUHI. Koreyalik aktrisa Kim Tae Hee mana bu safar ham chempionatda ishtirok etmoqda. Biroq avvalgi chempionatga nisbatan bu safar Kim Tae Hee chempionatni mag’lubiyat bilan boshladi. Estradamizning yosh xonandalaridan biri Umidaxon o’zini nimalarga qodir ekanligini ko’rsatib qo’ya oldi. Guruhdan joy olgan alamzada Cristiano Ronaldo «Oltin to’p»ni ololmagan bo’lsada, «Photo Cup»da «Girls Generation» guruhi ustidan g’alaba qozondi,

F — GURUHI. Qisqagina qilib aytib o’tamiz Alisher Uzoqov 6 — 16 Shakira. Hammasi tushunarli. Ikkinchi juftlikda esa 2 yigit bir qizga bas kela olmadi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, Asal Shodieva o’z raqiblari «Benom» guruhiga hech qanday imkon qoldirmadi.

G — GURUHI. Bu yerda ham adashlar. 2 ta Farruh guruhdan chiqish yo’llanmasi uchun kurash olib bordi. Farruh Soipov — Farruh Komilov, hisob 17 — 5. Guruhning boshqa vakillari hind aktyori Shohruh Xon va Dilshod Kattabekov o’rtasidagi to’qnashuv kutilmaganda teng kurashlar ostida o’tdi. Dilshod Kattabekov ilk bor mazkur loyihada ishtirok etishiga qaramay, nomdor raqibi Shohruh Xonga qarshi yetarli qarshilik ko’rsata oldi. Ammo, so’ngso’zni baribir Shohruh Xon aytdi.

H — GURUHI. Selena Gomez va Rayhon. Turning eng muhim o’yinlaridan biri edi bu. Ammo, Rayhon negadir Selena Gomezga yaxshi qarshilik ko’rsata olmadi. Biz undan ko’proq narsa kutgan edik. Selena Gomez esa o’ziga bildirilgan ishonchni to’laligicha oqladi. Yodingizda bo’lsa, 3-fotosuratlar chempionatida Selena finalga qadar yetib kelgan edi va Lolaga imkoniyatni boy berib qo’ygandi. Bu chempionatda Lola yo’q! Bu safar endi qani kim uni yo’liga to’g'anoq bo’lar ekan? Turni yakuniy uchrashuvi Preity Zinta va Muborak Ashurboeva o’rtasida bo’lib o’tdi. Bu uchrashuvda ko’pchilik hind aktrisasi g’alabasini tahmin qilishgan edi. Ammo, unday bo’lib chiqmadi. Muborak Ashurboeva g’oliblikni egalladi.

 

«Photo Cup» loyihasining 6-chempionati 1-tur o’yinlari natijalari bilan tanishish uchun yo’llanma

1-tur o’yinlaridan so’ng turnir jadvali holatini ko’rish uchun yo’llanma

 


Muallif: | Bo'lim: Photo Cup, Tanlanganlar | 4 749 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *