Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Nimchorak finalda Shahzoda, Lola, Zarina mag’lub bo’ldi…
1 Apr, 2013

Nimchorak finalda Shahzoda, Lola, Zarina mag’lub bo’ldi…

Photo CupSB.uz portalini ajoyib loyihalaridan biri hisoblangan «Photo Cup» o’z yurishini davom ettirmoqda. Kundan kunga yulduzlarni ham e’tiborini tortayotgan «Photo Cup» loyihasida ayni damda 7-fotosuratlar chempionati davom etmoqda. Chempionatning nimchorak final uchrashuvlari kuni kecha o’z yakuniga yetdi.

Nimchorak final uchrashuvlari orasida final oldidan final o’yinlari ham bo’lib o’tdi. Juda murakkab o’yinlarda turli natijalar qayd etildi. Jumladan, Shahzoda, Lola va Zarina Nizomiddinova kabi yulduzlarni chempionatni erta tark etishlariga sababchi bo’lgan uchrashuvlar hammani e’tiborini tortsa ajab emas. Demak, uchrashuvlarga to’xtalib o’tamiz.
Nimchorak final o’yinlarining ilk uchrashuvi Shahzoda va Farruh Soipov o’rtasida bo’ldi. Kutilmaganda 2012 yilning eng yaxshi rasmi deb tan olingan Shahzodaning navbatdagi fotosurati Farruh Soipov fotosuratiga mag’lub bo’ldi. Turning asosiy uchrashuvlaridan deb baholangan Zarina Nizomiddinova va Kareena Kapoor juftligida hind aktrisasi g’alabani Zarinadan tortib oldi. O’tgan chempionatning g’olibasi, hech kimga imkon bermayotgan Shahzoda Muhammedova «Kurtlar Vadisi Pusu» filmi bosh rol ijrochisi Nejati Shahmazga hech qanday imkoniyat bermadi. Juda yirik farq bilan g’alaba qozondi. Cristiano Ronaldo va Zamzama o’rtasida kechgan o’yinda o’zbek xonandasi jahon futboli yulduzidan ustun keldi. Lola va Selena Gomez ham nimchorak finalda bir-biriga qarshi duch keldi. Bu uchrashuvni ham nimchorak finaldagi asosiy o’yinlardan biri bo’lishini tahmin qilgan edik. Lola g’alaba qozonishini ko’pchilik kutgan bo’lsada, Selena Gomez bu uchrashuvda kuchli ekanini isbotladi. Hind aktrisasi Katrina Kaif esa bugungi kunning eng mashhur guruhi «PSY»ga qarshi kurash olib bordi. Hammani o’z qo’shig’i «Gangnam Style»ga o’ynatib kelayotgan «PSY» Katrinani o’ynata olmadi. Asal Shodieva esa «Temir odam» Robert Downey Jr. bilan kurash olib bordi. Maftunkor aktrisamizni yoki omadi keldi yoki bo’lmasa darhaqiqat ustun keldi. Natija Asal foydasiga hal bo’ldi. Nyusha va Gulnora Qosimova qarama-qarshiligi ham murosasiz baxslardan biriga aylandi. Nyusha chiroyli o’yin ko’rsatib kelayotgan bo’lsada, Gulnora Qosimova to’sig’idan o’ta olmadi.

Shunday qilib, nimchorak final ham o’z yakuniga yetdi. Endi navbat chorak finalga. Chorak finalda quyidagi juftliklar uchrashuviga guvoh bo’lasiz:

Farruh Soipov — Selena Gomez
Kareena Kapoor — Katrina Kaif
Shahzoda Muhammedova — Asal Shodieva
Zamzama — Gulnora Qosimova

Nimchorak final o’yinlari natijalari bilan tanishish va chorak finalda ovoz berish uchun yo’llanma

Play-off o’yinlari sahifasiga o’tish uchun yo’llanma


Muallif: | Bo'lim: Photo Cup | 957 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *