Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Navbatdagi chempion Shahzoda Muhammedova!
27 Fev, 2013

Navbatdagi chempion Shahzoda Muhammedova!

Shahzoda MuhammedovaPortalimizning «Photo Cup» loyihasida 6-chempionat o’yinlari ham o’z yakuniga yetdi. Unga ko’ra ishtirok etgan 32 nafar eng sara yulduzlar fotosuratlari orasida O’zbek kinosi aktrisasi Shahzoda Muhammedovaning fotosurati chempionlik shohsupasiga chiqa oldi. Biz bu yutuq bilan Shahzoda Muhammedovani tabriklab qolamiz.

Finalga qadar biror marta ham mag’lubiyatga uchramagan Shahzoda Matchonova finalda Shahzoda Matchonovaga qarshi kurash olib bordi va katta farq bilan g’alabaga erisha oldi. Qiziq tarafi 6-fotosuratlar chempionatining ilk juftligi, ilk uchrashuvi ham aynan Shahzoda Muhammedova hamda Shahzoda Matchonova o’rtasida kechgan edi. Final o’yiniga qadar bir qator kuchli raqiblarga duch kelishiga qaramay Shahzoda Muhammedova matonatli o’yinlar ko’rsatib chempion nomiga sazovor bo’ldi. Yana bir bor Shahzoda Muhammedovani erishgan yutug’i bilan chin dildan qutlagan holda kelgusi chempionatlarda ham ishonchli o’yinlarini namoyish etishiga tilakdoshmiz. Doimo chiroyli fotosuratlar bilan chempionatimizni bezab boraversin! Eslatib o’tamiz, 1 martdan 7-fotosuratlar chempionatiga start beriladi.

«Photo Cup» loyihasi saytiga tashrif buyurish uchun yo’llanma

Shahzoda Muhammedova


Muallif: | Bo'lim: Photo Cup | 2 802 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *