Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8-fotosuratlar chempionati nimchorak finali yakuniga yetdi
3 Iyun, 2013

8-fotosuratlar chempionati nimchorak finali yakuniga yetdi

Photo Cup«Photo Cup» loyihasi davom etmoqda va unda 8-fotosuratlar chempionatining nimchorak final uchrashuvlari ham yakuniga yetdi. Mazkur murosasiz baxslarga boy uchrashuvlar orasida turning eng muhim o’yini Zarina Nizomiddinova va Selena Gomez o’rtasida bo’ldi. Natijada esa Selena Gomez g’alabaga erishdi.

Turning qolgan o’yinlari bilan ham sizlarni tanishtirib o’tamiz. Shahzoda Matchonova va Sardor Rahimxon o’rtasida kechgan o’yinda Shahzoda Matchonova g’olib chiqdi. Adiz Rajabov esa Muborak Ashurboevaga mag’lubiyatga uchradi. Oybek va Nigora juftligi Innadan ustun kelishdi. Cristiano Ronaldo esa Shohruhxonga hech qanday imkoniyat bermadi. Turning asosiy vaqtida g’olib aniqlanmagan juftlik haqida yuqorida aytib o’tdik, ya’ni Zarina Nizomiddinova va Selena Gomez qarshiligida natija qo’shib berilgan bir kunda aniqlandi. Lola ham bir amallab Katrina Kaif ustidan g’alabaga erishdi. Turning eng ishonchli g’alabasi Shahzoda tomonda bo’ldi. U 100%lik natija bilan 45 — 0 hisobida Robert Downey Jr. ustidan ishonchli g’alaba qozondi. Kareena Kapoor esa amaldagi chempion sifatida yana final sari o’zining ishonchli yurishini davom ettirgan holda Zamzamani ham mag’lub etdi. Batafsil natijalar bilan tanishish uchun quyida yo’llanma taqdim etiladi.

 

Nimchorak final uchrashuvlari natijalari bilan tanishish va keyingi turda ovoz berish uchun yo’llanma

Play-off o’yinlari bilan tanishish uchun yo’llanma


Muallif: | Bo'lim: Photo Cup | 612 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *